Tbilisi şahar sudi Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili va Davlat maxsus qöriqlaş xizmati sobiq rahbari Teymuraz Janaşiyaga mamlakat budjetiga qariyb 9 million lari (3,3 million dollar) miqdorida tovon tölaş majburiyatini yukladi. Bu haqda «Gruziya Online» xabar berdi.

2025 yil mart oyida Tbilisi sudi Saakaşvilini katta miqdordagi budjet mablağlarini rastrata qilişda aybdor deb topib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Janaşiyani mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topdi va 300 ming lari miqdorida jarimaga tortdi.

Şundan söng, Gurjiston Adliya vazirligi Saakaşvili va Janaşiyaga nisbatan 9 million lari miqdoridagi öğirlangan pullarni undiriş böyiça fuqarolik da’vosini qözğatgan edi.

Mixail Saakaşvilining advokati Beka Basilay sud qarorini şarhlar ekan, sud tizimi «[hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi asosçisi Bidzina] Ivanişvilining körsatmalariga böysunişini» aytdi.

«Saakaşvili, masalan, Gurjistonda Donald Trampni qabul qilgani yoki Vatslav Gavel qabriga gul qöygani uçun xarajatlarni qoplaşi kerakligi aytilmoqda. Bu nima degani? Saakaşvilining işi böyiça tanlab olingan, siyosiy asoslangan, mutlaqo asossiz qarorlarni köp körganmiz. Endi bunga moliyaviy ta’qib ham qöşildi - uni qarzdorlar reyestriga kiritmoqçi. Qayerga şikoyat qilsak, öşa yerda bizni öşa sudyalar kutib turibdi», dedi u.

Rastrata haqidagi sud qaroridan köp ötmay, Tbilisidagi sud Saakaşvilini çegarani noqonuniy kesib ötişda aybdor deb topdi va tört yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Saakaşviliga çiqarilgan barça hukmlar hisobga olinsa, u 12 yil-u 6 oy, ya’ni 2034 yil 1 aprelgaça qamoqda ötirişi kerak böladi.