Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 2022 yil may oyidan beri bölgan Tbilisidagi «Vivamedi» klinikasidan çiqarib yuborildi. U jazoni ötaşni davom ettiriş uçun qamoqxonaga qaytarildi. Bu haqda Gurjiston jazoni ijro etiş xizmati xabar berdi. Mixail Saakaşvili 2021 yilda hibsga olingan va turli işlar böyiça 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
«Mahkum Mixail Saakaşvilining soğliği qoniqarli bölgani va u endi statsionar davolanişga muhtoj emasligi sababli, fuqarolik sektori klinikasidan çiqarilib, 12-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga qaytarildi», deyiladi vazirlik xabarida. Sobiq prezident jazoni umumiy asoslarda ötaşda davom etadi.
Mixail Saakaşvili bir qança işlar, jumladan, davlat mablağlarini öğirlaş va çegarani noqonuniy kesib ötiş böyiça sudlangan. 2022 yilda u «Vivamedi» xususiy klinikasiga yotqizildi va u yerda turli kasalliklardan davolandi.
Şu yil noyabr oyida Gruziya prokuraturasi Saakaşvili va muxolifatning yetti yetakçisiga qarşi göyoki hokimiyatni ağdarişga çaqirgani uçun yangi jinoiy iş qözğatdi. Rasmiylar, şuningdek, sobiq prezident asos solgan «Birlaşgan milliy harakat» partiyasini konstitutsiyaga zid deb e’lon qilmoqçi.













