2017 yil 19 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev Belarus Respublikasi Tergov qömitasi raisi I.Noskeviç boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mehmonlarga Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar, jinoyat qonunçiligini liberallaştiriş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan çoralar haqida ma'lumot berildi.

Jumladan, sönggi davrda tergovga qadar tekşiruv va suriştiruv institutlarini takomillaştiriş, tergov jarayonida dalillarni töplaş, tekşiriş va baholaşda inson huquq va erkinliklariga rioya etilişini kafolatlaşga qaratilgan qonunçilikdagi yangi tartib va taşabbuslar haqida töxtalib ötildi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining jinoyatlarni tergov qiliş böyiça faoliyati va uşbu jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş borasida fikr va tajriba bilan almaşdilar.

Öz navbatida Belarus Respublikasi Tergov qömitasi raisi I.Noskeviç bölib ötgan muloqotdan mamnunligini izhor etib, samimiy qabul uçun öz minnatdorçiligini bildirdi hamda uşbu uçraşuvning huquqiy sohada özaro hamkorlikni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Uçraşuv yakunida Belarus Respublikasi Tergov qömitasi va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi örtasida hamkorlik töğrisidagi Bitim imzolanib, unda jinoyatçilikka, ayniqsa, uning uyuşgan va transmilliy körinişlariga qarşi samarali kuraşiş hamda boşqa yönalişlarda özaro hamkorlik olib boriş belgilandi.