AQŞ maxsus xizmatlari 2003 yilda Markaziy Osiyodan temir yöl orqali Rossiyaga kelgan yuklarda 150 dan ortiq elektron josuslik qurilmasini örnatişgan. Bu haqda RF Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«2003 yilda AQŞ maxsus xizmatlarining josuslik faoliyati foş etildi, ular Markaziy Osiyodagi Amerika bölinmalari ehtiyojlari uçun yuklarga ega temir yöl konteynerlarida elektron josuslik vositalarini örnatişgan», - deya ta'kidlab ötdi u.

«Bu sostavlarni bizning hudud orqali tranzitiga ruxsat berilganligi esa Rossiya rahbariyati tomonidan Vaşingtonga nisbatan körsatilgan yaxşi niyat belgisi edi. Biz bir yuz ellikdan ortiq josuslik qurilmasini topdik va olib qöydik. Iş xalqaro mojaroga aylandi hamda Rossiya TIVning norozilik notasi bilan yakunlandi», - deya aytib ötdi RF FXX rahbari.

Konteynerlar Rossiya hududi orqali Markaziy Osiyo mintaqalariga Afğonistondagi uruş vaqtida yöl olgan.

Uning sözlariga köra, xorijiy maxsus xizmatlar hozirda ham Rossiyaning «barça faoliyat turlariga kirib olişga urinmoqda». 2012 yildan hozirgi vaqtga qadar Rossiyada xorijiy maxsus xizmatlar xodimlari va agentlaridan 137 nafari ozodlikdan mahrum etildi. Bundan taşqari, «davlat siriga tegişli bölgan ma'lumotlarni himoya qiliş böyiça tadbirlar» natijasida 140 kişi qamaldi, deya aytib ötdi FXX rahbari.