Amerikadagi muhim maxsus xizmatlar rahbarlari va AQŞ adliya vaziri Jyeff Seşns payşanba kuni Kongressni boşqa davlatlar aholisi kommunikatsiyalarini eşitiş va kuzatib boriş böyiça dastur muddatini uzaytirişga çaqirdi. Tegişli murojaatga Milliy razvedka direktori Deniyel Kouts, Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari Maykl Pompeo, Federal tergov byurosi direktori Kristofer Rey va Milliy xavfsizlik agentligi direktori, admiral Maykl Rojyers imzo çekkan.

Gap 1978 yilda qabul qilingan 702-seksiya haqida ketmoqda. U Xorijiy razvedkani kuzatiş töğrisidagi qonundir. 2008 yilda qabul qilingan tuzatiş esa boşqa mamlakatlar aholisining turli elektron kommunikatsiyalarini tinglaş va kuzatib boriş huquqini beradi. Bunday dasturlar borligi haqida Milliy xavfsizlik agentligi tahlilçisi Edvard Snouden tomonidan 2013 yilda taqdim etilgan ma'lumotlardan ma'lum böldi.

"702-seksiya muddatining uzaytirilişi mamlakat xavfsizligi uçun juda muhim. Agarda Kongress bu borada heç qanday harakatni amalga oşirmasa, xalqaro terrorçilar va xorijdagi boşqa raqiblar haqida öta muhim ma'lumotni töplaş töxtatiladi", - deyiladi murojaatda. Tegişli bayonot milliy razvedka direktori apparati saytida e'lon qilindi. Kuç mahkamalari rahbarlarining iddao etişiça, dastur töxtatiladigan bölsa, terrorçilar, hakerlar va boşqa jinoyatçilar AQŞga hujumlarni rejalaştirişi, bunda esa ularni heç kim foş eta olmasligi mumkin.

"702-seksiya mamlakatga hujumlarning oldini oliş va terrorçilarni yöq qilişda juda muhim rol öynaydi", - deya ta'kidlanadi matnda. Şu bilan birga, uning mualliflarining işontirişiça, ma'lumotlarni töplaş “şaxsiy hayot va fuqarolik erkinliklariga bölgan huquqqa” töla rioya etilgan holda olib boriladi. Hozirça dastur 2018 yilning apreliga qadar amalga oşirilişi mumkin, biroq agarda bu muddatga qadar uzaytirilmasa, razvedka hamjamiyati uni asta-sekin yopişiga töğri keladi.