Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi «Özbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi 992-sonli qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining «Tender savdolarini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2000 yil 21 noyabrdagi 456-son qaroriga özgartirişlar kiritilmoqda. Jumladan, 5-bandda quyidagilar bayon etilmoqda:
«5. Tender savdolari 1000 ming AQŞ dollariga teng miqdordan ortiq bitta kontrakt böyiça tovarlar yetkazib berişni amalga oşirişda ötkaziladi.
Kamida 1 ming AQŞ dollari summasidagi bir kontrakt böyiça yetkazib berişda xarid tovarlar (işlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va yetkazib beriş muddatlari böyiça eng maqbul şartlarni yetkazib beruvçilar bilan töğridan-töğri şartnomalar tuziş yöli bilan amalga oşiriladi.
Bir ming AQŞ dollaridan 100 ming AQŞ dollarigaça bölgan summaga bitta kontrakt böyiça yetkazib berişda xarid:
- xarid qilingan tovarlar, işlar va xizmatlarning tavsifnomasini, sonini, bajariş muddatini va tovarni yetkazib beriş joyini körsatgan holda takliflarni yetkazib beruvçilarga yoki pudratçilarga yuboriş;
- yetkazib beruvçilar yoki pudratçilar e'lon qilgan narxlar va tavsifnomalarni taqqoslaş yöli bilan buyurtmaçilar tomonidan taşkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxşi takliflarni inobatga oliş yöli bilan amalga oşiriladi».












