Forbes jurnali biznes yuritiş uçun eng yaxşi mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Unda Özbekiston 99-örinni egalladi. 12 yildan beri tuzib kelinuvçi uşbu reytingdan dunyoning 153 mamlakati örin olgan.
Forbes mazkur reytingni dunyoning sönggi 12 yildagi eng yirik iqtisodiyotlari asosida tuzib keladi. Jurnal 153 mamlakatni 15 mezon böyiça baholaydi: mulkçilik, innovatsiyalarni joriy qiliş darajasi, soliqqa tortiş körsatkiçlari, texnologiyalar, korrupsiya darajasi, erkinlik (şaxsiy, savdo va moliyaviy), byurokratizm va sarmoyadorlarning himoyalanganlik darajasi.
Forbes'da şuningdek ön yilda birinçi marta ba'zi mezonlarga özgartiriş kiritilgani ma'lum qilindi. Masalan, fond bozori körsatkiçlari inobatga olinmay, "işçi kuçi", "infratuzilma", "bozor hajmi", "turmuş sifati" va "siyosiy tavakkal" kabi mezonlar qöşildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozoğiston 65-örinda, Tojikiston - 108-örinda, Qirğiziston esa 123-örinda qayd etilgan. Turkmaniston reytingda yöq.
Reytingning ilk örinlari Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya mamlakatlariga nasib etgan. Sönggi örinlarda esa Çad, Gambiya va Gaiti keltirilgan.











