Baltimordagi Jon Xopkins Universiteti olimlaridan iborat guruh tadqiqotlar asosida olma va pomidorlarning öpkani davolay olişini isbotlaşdi. Olimlarning sözlariga köra, pomidor va olma çekuvçi inson öpkasini himoyalaşi va qayta tiklaşi mumkin. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, AQŞ olimlar guruhi öpkani himoyalaş va qayta tiklaş sirini kaşf qilişning uddasidan çiqqan. Şuningdek, tajriba davomida yuqorida nomlari qayd etilgan mahsulotlarni iste'mol qiliş usullari va dozalari sinab körildi. Tadqiqotda iştirok etiş uçun aşaddiy çekuvçilar tanlab olindi.

Ular uçun maxsus ratsion işlab çiqilib, unga köra, har bir iştirokçi kuniga bir neça olma bölaklari va ikki pomidor yeyişi kerak bölgan.
Tadqiqot natijasiga köra, obstruktiv öpka kasalligi rivojining pasayişi qayd etilgan.
Tadqiqot jamoasi iştirokçilaridan biri Vanessa Garsiya-Larsen öpka bilan boğliq muammolardan aziyat çekayotgan kişilarga yordam beriş uçun boşlangan loyihani davom ettirişga tayyor ekanini bildirdi.











