Xitoyning “Şençjou-21” kosmik missiyasi ekipaji “Tyangun” stansiyasi bortida pomidordan möl hosil oldi, deb xabar berdi Xinhua agentligi.
Pomidor yetiştiriş uçun aeropon tizim Xitoyning kosmonavtlar tayyorlaş va öqitiş markazining tadqiqotçilar guruhi tomonidan yaratildi. Unda maxsus işlab çiqilgan LED yoritiş spektri qöllaniladi. Şuningdek, qurilma suvni mayda tomçi körinişida sepadi, bu esa suvdan foydalaniş samaradorligini oşiradi.
“Kosmik issiqxona” 2025 yil iyulda “Tyançjou-9” yuk kemasida kosmik stansiyaga olib çiqilgan. Olimlar uning yordamida mikrogravitatsiya şaroitida ösimliklarni samarali yetiştirişning asosiy texnologiyalarini sinovdan ötkazişni közda tutişgan.
Kelgusida “Tyangun” “kosmik dalasi”da buğdoy, sabzi va dorivor ösimliklarni aeropon usulda yetiştiriş böyiça tajribalar ötkaziş rejalaştirilgan. Şu tariqa orbital muhitda yetiştirilişi mumkin bölgan ekin turlari bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi.
https://vk.com/video_ext.php?oid=-230136675&id=456239431&hash=e8787084ec336d7b

















