Xitoylik olimlar dunyoda birinçi bölib çöçqa öpkasini odamga köçirib ötkazdi, deb xabar beradi Nature Medicine.
Tajriba Guançjoudagi tibbiyot markazida ötkazildi. Öpka qon quyilişidan keyin miyasi ölgan 39 yoşli retsipiyent erkakka transplantatsiya qilindi. Uşbu şart şifokorlarga axloq me’yorlarini buzmaslik va real vaziyatga maksimal darajada yaqin bölgan şaroitlarda qimmatli ma’lumotlarni oliş imkonini berdi.
Operatsiyadan söng öpka 216 soat (töqqiz kun) davomida ötkir rad etiş yoki infeksiya belgilarisiz hayotçanligini saqlab qoldi. Biroq, transplantatsiyadan bir kun ötgaç, şifokorlar transplantat disfunksiyasini eslatuvçi kuçli şişni kuzatdilar.
«Uşbu tadqiqot çöçqadan odamga öpkani ksenotransplantatsiya qiliş imkoniyati borligini körsatsa-da, a’zoning rad etilişi va infeksiya bilan boğliq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda va uşbu amaliyotni klinik amaliyotga joriy etiş uçun qöşimça klinik oldi tadqiqotlar zarur», deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, tirik bemorlarda çöçqa öpkasidan foydalanişga hali ança bor. Öpka köçirib ötkaziş murakkab jarayon, çunki u taşqi muhit bilan aloqada böladi va organning immun tizimi bunga juda sezgir.
Olimlarning e’tirof etişiça, bu usul takomillaştirişni talab qiladi: transplantatsiya xavfsiz bölişi uçun genetik modifikatsiyalar, organlarni saqlaş usullari va immunitet reaksiyasini bostiriş sxemalarini takomillaştiriş kerak.












