AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning immigratsiya siyosatiga bağişlangan brifingda mamlakatga Afğoniston, Haiti va Nigeriyadan juda köp odamlar kelayotganidan norozilik bildirgan hamda ular haqida kamsituvçi gaplar aytgan. Bu haqda The New York Times (NYT) naşri xabar bermoqda. 

Naşr manbalarining ma'lum qilişiça, uşbu uçraşuv Oq uyda iyunda bölib ötgan. Uçraşuvda Tramp, uning bir qator yordamçilari va maslahatçilaridan taşqari, AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson va öşa paytda AQŞ milliy xavfsizlik vaziri lavozimini egallagan Jon Kelli iştirok etgan.    

Ta'kidlanişiça, Tramp Oval xonaga darğazab holda, şiddat bilan kirib kelgan. Tramp AQŞ immigratsiya siyosatini qat'iylaştirişga urinişlariga qaramay, yanvar oyidan mamlakatga köplab xorijliklar kelganidan darğazab bölgan.  

Trampda uning maslahatçilaridan biri Stiven Miller tomondan tuzilgan röyxat bölgan. Ta'kidlanişiça, hujjatda 2017 yilda AQŞga kiriş uçun qança muhojir viza olgani haqida ma'lumot bölgan. Söngra Tramp bu röyxatni tanqidiy izohlar beriş bilan öqiy boşlagan.

Tramp ta'kidlaganidek, viza olganlardan 2,5 mingi Afğonistondan kelgan. Tramp bunga izoh berib, Afğonistonni “terrorçilar uçun boşpana” deb atagan. Tramp AQŞga kelgan 15 ming haitilik haqida gapira turib, “ularning barçasi OITS bilan kasallangan” deb aytgan. Tramp Nigeriyadan 40 ming kişi kelganini ta'kidlab, ular AQŞdagi hayotni körib, “ikki dunyoda ham özlarining Afrikadagi kulbalariga qaytib ketmasliklarini” aytgan.

Uçraşuvda Kelli va Miller AQŞga juda köp odam kelayotgani uçun Tillersonni qattiq tanqid qilişgan. Tillerson bunga javoban “Balki AQŞga kiriş uçun vizalarni töliq bekor qiliş haqida körsatma berişim kerakdir?” deb javob qilgan. Söngra Kelli ma'muriyatning köplab xodimlaridan xonadan çiqib ketişlarini söragan. Biroq xonani tark etayotganlar Tramp baland ovozda bahslaşayotganini eşitişgan.

Keyinroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders NYT jurnalistlariga Tramp brifingda muhojirlar haqida kamsituvçi gaplar aytmaganini ma'lum qilgan. Sanders bu “kurakda turmaydigan ayblovlarni” Kelli, Tillerson va boşqalar rad etişlari mumkinligini, NYT manbalarining tasdiqlarini esa yolğon deb aytgan.