2016 yilning sentabrida Nyu-York va Nyu-Jyersida teraktlar amalga oşirganlikda ayblanayotgan Ahmad Rahimiy qamoqxonada özi bilan birga bölgan mahbuslar orasida terrorizm tarğibotini olib borgan.

Bu haqda CNN telekanali prokuraturaga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, u terrorçilik tarğibotiga ega materiallar, jumladan «Al-Qoida» terrorçilik guruhi rahbari Osama bin Lodinning çiqişlari hamda bombalarni tayyorlaş böyiça qöllanmalar nusxalarini tarqatib kelgan.

«Rahimiy Metropolitan axloq tuzatiş markazidagi mahbuslarni radikallaştirişga harakat qilgan, jumladan bunga terrorçilik taşkilotlari materiallarini tarqatiş yöli bilan erişmoqçi bölgan», - deya ma'lum qildi prokuror. 

Telekompaniya ma'lumotlariga köra, terrorçilik materiallariga ega disklar ikki nafar mahbusdan topilgan.