Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdöğan AQŞ ma'muriyati Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişini e'lon qilişdan avval Donald Trampdan qönğiroq kutganini ma'lum qildi.
“Biz AQŞ prezidenti bilan u yoki bu masala böyiça aloqaga çiqamiz. Biroq ayni vaqtda u bilan telefon muloqoti ötkaziş böyiça aniq qaror qabul qilinmagan. Trampning özi ham bizga qönğiroq qilişini istardik. Tramp Al-Quds böyiça qaror qabul qilişdan avval bizga qönğiroq qilişini kutgandik. Fikrimça, agar Tramp biz bilan maslahatlaşganda, bu xatoga yöl qöyilmagan bölardi”, deb aytgan Erdöğan Anqaradagi matbuot anjumanda.
Uning aytişiça, bu tilak Turkiya ayni vaqtda Islom hamkorligi taşkilotida raislik qilayotgani bilan boğliq bölgan.












