«Obuna mavsumi. Majburlaşlar avj olayotgan bu sohani ham tartibga soliş fursati yetib kelmadimi?» maqolasi yuzasidan öz fikrlarimni bildirişga jazm qildim.
Har bir ota-ona öz farzandi komil inson bölişi uçun harakat qiladi. Ta'lim olişi uçun unga kerak bölgan barça şaroitlarni imkoniyati yetgunça yaratib beradi. Şu bilan birga, uy vazifalarini tayyorlaşda kömak beriş bilan qaytadan «öquvçi»ga ham aylanadi.
Men farzandlarimning kundalik uy vazifalarini bajarişlari nazorati uçun iloji boriça dam oliş vaqtimni ularga sarflayman. Uy vazifalar yakunlangaç, bolalarimda kitobga muhabbat qöyişlari uçun ular yoşiga mos, bolaligimda öqigan, öz şaxsiy kutubxonamdagi bor kitoblarimdan qiziq joylarini öqib beraman. Ular voqealarning davomini biliş uçun, bu asarlarni özlari boşdan öqib çiqişadi.
Şuning uçun bölsa kerak öquvçi farzandlarim maktab kutubxonasidan kitob olib kelib öqişga juda qiziqadi. Lekin...
Maktab kutubxonasi kitoblari qaysi badiiy kengaşlardan tasdiqlanib, maktab ostonasini xatlab kirib kelyapti? Imlo xatolariga köz yumsangiz, kitob mazmunida turgan ma'naviy ozuqani topolmay na öqişni, na öqimaslikni bilasiz. Oxirgi çorangiz «Kel bolam, men bilan televizorni tomoşa qil, şu bizga qiziqarliroq ma'lumot beradi», deb yuborasiz.
Har yilgidek bu yil ham farzandlarim öz sinfdoşlari orasida kamsitilişi oldini oliş maqsadida, 2018 yil «majburiy obuna»si uçun 15 ming sömdan, 2 bola uçun 30 ming söm berib, «qoğozning uvoliga qolgur» soha vakillarini qöllab-quvvatlaşga öz hissamni qöşdim. Pul aççiği — jon aççiği ekanmi, Prezidentimiz gaplaridan kuç olib, obuna jarayoni yuzasidan tanqidiy tahlil qilişga harakat qildim.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi saytiga kirib, hozirgi kunda maktablarda öquvçilar soni qança ekanligini bilsam, saytdagi ma'lumotga köra hozirda Respublika böyiça 9.680ta maktablarda 4.808.058 nafar öquvçi tahsil olayotgan ekan.
Bu öquvçilarning 15 foizini şartli ravişda turli tölov va yiğimlardan ozod qilingan toifa deb hisoblasak, 4.086.849 nafar qoladi. Qişloq joyidagi quyi sinf öquvçisidan yiğilgan 15 ming sömni örtaça obuna uçun yiğim deb hisoblab, 15 mingni 4.086.849 nafar bolaga köpaytirsak, 61 milliard 302 million 735 ming söm qiymati hosil böladi. 61 milliard söm ekan-da, deyişga şoşilmang. Bu — xomçöt. Yana bu mablağni semirişini istasangiz uzoqdan izlamaymiz. Öqituvçilar, şifokorlar, pensionerlar, talabalar, işçilar va xizmatçilar... xullas barça davlat byudjyetidan daromad oluvçi fuqarolar.
Şu qadar katta mablağ yiğilib, qaysidir hisob raqamlarga ötib, qaysidir kimlarning oilasi yaşaş tarzini obod bölişi aniq, lekin jamiyatçi, jamiyatga bundan nima foyda? Bu mablağlar kitob işlab çiqariş sohasini rivojlantirişga sarflasa bölmaydimi?
Agar bu mablağlarni qabul qilib olayotgan naşrlar zimmasiga heç kim öqimaydigan gazeta-jurnalini bosib çiqargandan köra, öşa mablağlar doirasida har bir obunaçisiga ilmiy, adabiy, badiiy yönalişdagi dunyo tan olgan asarlarini özbek tilida sifatli çop qilib kitob şaklida yetkazib berişganda, menimça bizning bolalarimiz intellekt jihatidan yaponlarni ham, koreyslarni ham ortda qoldirişlari aniq.
Bu bilan men majburiy obunani Respublika böyiça batamom tugatib, majburiy yiğimlar hisobiga faoliyat yuritadigan kitob sohasida faoliyat yuritadigan yagona davlat organi taşkil etişni lozim, deb hisoblayman.
Uşbu davlat organi tuşgan mablağlar hisobidan jahonning tengsiz, durdona asarlarini Özbekiston xalqlarining tillariga ögiriş, ularni sifatli çop etiş va barça korxona, taşkilot va muassasalar kutubxonasi fondini boyitib boriş vazifalari yuklatilişi lozim.
Men bir yurt farzandi sifatida uşbu sohani rivoji uçun majburiy obuna uçun berib kelayotgan pulimni har yili öz ixtiyorim bilan yiğim berişga tayyorman.
Davriy naşrlar sohasi islohotga muhtoj. Buni davlat miqyosida amalga oşiriş zarur.
Hozirgi globallaşuv zamonida heç qanday axborot gazeta va jurnallarda bosilib çiqqunça tarqaşini kutib turmaydi. Davriy naşrlardan axborot olişga jamiyat ehtiyoji tobora kamayib bormoqda.
O.Qurbonova,
Farğona viloyatidan.
KUN.UZ tahririyatiga: Ötgan oy bir davlat organiga bir taklif bilan çiqsam, xonadonimga 7 kişi kelib, «Sizning fikringiz biz uçun juda qimmatli, kelgusida bu fikringiz böyiça qonun loyihalarini tayyorlaşda foydalanamiz, lekin bizda ijro intizomi şunaqa, prokuratura tekşiradi, şuning uçun biz bilan birga rasmga tuşib berasiz, bundan taşqari fikringiz böyiça tekşiriş ötkazganligimizni tasdiqlab, tuşuntiriş xati yozib berişingiz kerak», deb turib oldi. Ularning barçasi kimningdir «aqlli» topşiriği bilan uzoq manzildan kelganligini tuşunib, darrov ularni bu yukdan xalos qildim.
Şu sababli manzilim va ismimni qisqa qildim.











