Boliviya prezidenti Evo Morales Gvatemala hukumatining AQŞ ortidan Isroildagi elçixonasini Al-Qudsga köçiriş qarorini tanqid qildi.

“Bu jahon hamjamiyatini mazah qilişdir, Gvatemala hukumati BMT Boş assambleyasi rezolyutsiyasini tan olmay, elçixonasini Al-Qudsga köçirmoqçi. Biz ba'zi hukumatlar USAID’ning (AQŞning xalqaro taraqqiyot agentligi) arzimas yordamini yöqotmaslik uçun  öz şa'nini imperiyaga pullayotganidan afsusdamiz”, deb yozdi Morales tvitterda.

Gvatemala prezidenti Jimmi Morales 24 dekabrda mamlakatning Tel-Avivdagi  elçixonasi Al-Qudsga köçirilişini ma'lum qilgan. Mamlakat taşqi işlar vaziri Sandra Xovel 26 dekabrda elçixonaning köçirilişi haqidagi qarorni bajarmaslikka heç qanday asos yöqligini aytgan. “Bu Gvatemala davlatining mustaqil qarori, bu borada menga heç qanday bosim ötkazilmagan”, deb aytgan Xovel.