Bu bir asrdan köproq vaqt içida rasman tasvirlangan muşuksimonlar oilasining birinçi yangi tirik turidir, deb xabar berdi National Geographic.

Muşuk And toğlarining şarqiy yonbağirlaridagi nam toğ örmonlari - Yungasda yaşaydi. U oddiy uy muşugidan sezilarli darajada kiçikroq: tana uzunligi taxminan 46 santimetrni, vazni esa taxminan 1,4 kilogrammni taşkil etadi. Leopardus tilcayo junlari oç jigarrang bölib, yirik doğlarga ega.

7123
Фото: National Geographic

Kaşfiyot tarixi 2016-yilda boşlangan. Öşanda biolog va National Geographic tadqiqotçisi Paola Nogales-Askarruns Boliviyaning Senda Verde boşpanasidan «ğalati muşuk» haqida xabar olgan. Jonivorni örmon yaqinidagi yöldan topib olişgan va avvaliga uni oddiy uy muşugi deb öylaşgan. Taxminan bir yil ötgaç, oila hayvonning baribir yovvoyi ekanini tuşunib, uni boşpanaga topşirgan. Hozir bu erkak muşuk taxminan 10 yoşda.

Dastlab olimlar hayvonni Leopardus tigrinus turining vakili deb hisoblagan. Biroq, 2019-yilda Nogales-Askarruns Boliviya muşugi qöşni Braziliyadagi maʼlumotnomalarda tasvirlangan hayvonlardan sezilarli darajada farq qilişini, xususan, ança yirik doğlari bilan ajralib turişini payqadi. Keyinçalik genetik tahlillar farqlar ança çuqur ekanligini tasdiqladi.

32243
Фото: National Geographic

«Biz bu Boliviya yölbars muşugi alohida tur bölib çiqişini mutlaqo kutmagan edik. Ilgari heç kim uni alohida hayvon - na tur, na kenja tur sifatida hisoblaşni taklif qilmagan edi», dedi Antverpen universitetining evolyutsion biologi va tadqiqot rahbarlaridan biri Yonas Leskroart.

2123
Фото: National Geographic

Leopardus tilcayo hayoti haqida hozirça juda kam narsa maʼlum. Olimlar faqat ikkita tirik hayvon va fotoqopqonlardagi bir neçta yozuvlarni örgandi. Najas namunalaridagi mayda kemiruvçilar qoldiqlari ular muşukning oziq-ovqat ratsioniga kirişi mumkinligini körsatadi, avtomatik kameralardan olingan suratlar esa uning kunduziga qaraganda keçasi faolroq ekanligini taxmin qilişga imkon beradi. Tur populyatsiyasining tabiatdagi soni nomaʼlum.