Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning ma'lum qilişiça, mintaqada IŞID mafkurasining tarqalişi kuçaymoqda hamda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini yollaş böyiça faol işlar olib borilmoqda.

"Markaziy Osiyoda IŞID va şunga öxşaş radikal guruhlar mafkurasining tarqalişi kuçaymoqda, faol tarğibot va bizning davlatlar fuqarolarini yollaş böyiça işlar olib borilmoqda. Öylaşimça, MDH va KXŞT mamlakatlarining faol özaro harakatisiz çegara xavfsizligi sohasida kollektiv xavfsizlikni, davlat çegaralarining işonçli qöriqlanişini töla ta'minlay oliş hamda zamonaviy çaqiriqlar va tahdidlarning katta qismiga qarşi kuraşiş imkonsiz", - deya aytib ötdi Jeenbekov MDH davlatlari yetakçilarining norasmiy uçraşuvi davomida.