Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi boş boşqarmasi rahbari Abdul Hakim At Tamimiy Jidda şahridagi podşoh Abdul Aziz nomidagi yangi xalqaro aeroport qaçon foydalanişga topşirilişini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, yangi havo bandargohi 2018 yil may oyida yölovçilarni va samolyotlarni qabul qila boşlaydi. Bu haqda "Arabnyus" xabar qilmoqda.
“Havo transporti ziyoratçilarning Umra va Haj amallarini bajariş uçun yetib kelişlarida eng maqbul yöldir. 2017 yili Haj qiliş uçun samolyotda yetib kelganlar soni 1 mln 648 ming 906 kişini taşkil etdi. Umraga kelganlar soni 2017 yilda 5 mln 664 ming 208 kişi böldi”, - degan At Tamimiy.
Uning aytişiça, podşoh Abdul Aziz nomidagi xalqaro aeroport mega loyiha bölib, “terminallari maydoni 810,000 m2 ni taşkil etadi. Unda 200 ta yölovçilarga xizmat körsatuvçi, 80 ta öz-öziga xizmat körsatiş nuqtalari böladi. Bir vaqtning özida 70 ta samolyotga terminalda, 28 tasiga maydonda xizmat körsatiş mumkin böladi”.
Boş boşqarma boşliği öz nutqida Toif xalqaro aeroportining qurilişi ham juda muhimligini uqdirdi. “Boşqarma Toif xalqaro aeroportini xususiy sektorga berişga rozilik bildirdi. Yangi havo bandargohi mehmonlar, Umra va Haj qiluvçilar uçun qulaylik yaratadi. U 2020 yil dekabr oyida oçilişi kutilmoqda”, deya qöşimça qilgan At Tamimiy.












