Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri mamlakat hukumati 2030 yilgaça quyoş energiyasi işlab çiqarişni 5 marotabaga oşiriş rejasini ma'lum qildi. 

Bu bayonot joriy yilda saylangan prezident Mun Çje In yangi atom elektr stansiyalari qurilişining davlat tomondan qöllab-quvvatlanişini töxtatiş va elektr energiyaning ekologik sof manbalariga yönaliş olişga va'da berganidan keyin berilgan.

Janubiy Koreya hukumati 6 ta yadroviy reaktor qurilişini bekor qildi.  

Hammasi bölib mamlakat 2030 yilgaça işlab çiqariladigan elektr energiyaning beşdan bir qismini tiklanuvçi manbalardan olmoqçi. Ötgan yil bu körsatkiç 7 foizni taşkil qilgandi. Buning uçun belgilangan muddatga qöşimça 30,8 GVt quyoş va 16,5 GVt şamol energiyasi oliş rejalaştirilmoqda. Qöşimça energiya yirik loyihalardan hamda xususiy uy xöjaliklari va kiçik biznesdan olinadi, deb aytdi vazir Payk Ungyu.

“Biz tiklanuvçi energetika rivojlanişi yölini tubdan özgartiramiz, bunda fuqarolar tiklanuvçi energiyani sotişda oson iştirok eta oladigan şaroitlar yaratamiz”, deb aytdi vazir.

Bu 2022 yilgaça 30 ta uy xöjaligidan taxminan bittasi quyoş panellari bilan jihozlanişini anglatadi.

Hozirda Janubiy Koreya atom energiyasini işlatiş böyiça dunyoda 5-örinni egallaydi. Mamlakatda 24 ta amaldagi reaktor mavjud bölib, ular mamlakatning elektr energiyaga ehtiyojining uçdan bir qismini ta'minlaydi.

Janubiy Koreya uy xöjaliklari tomondan ortiqça elektr energiyani sotiş tizimini sinovdan ötkazib kelmoqda. Blokçeynga asoslangan xizmat oddiy birja kabi işlaydi: foydalanuvçi öz taklifini bildiradi, elektr energiyani ötkazib beradi va bunga ballar oladi. Bu ballarni naqd pulga almaştiriş yoki elektromobillarni quvvatlaşda qöllaş mumkin.