2018 yil 5 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirğiziston Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Doniyor Sidiqov, Tojikiston Respublikasi - Sodiq Imomiy, Turkmaniston - Şiri Şiriyev, Qozoğiston Respublikasining muvaqqat işlar vakili Mursal-Nabi Tuyoqboyevni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Vazir Toşkent şahridagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari örtasida köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş böyiça taşabbuslarni amalga oşirişga doir takliflari bilan taniştirdi. Ular Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning sentabrida Nyu-York şahrida bölib ötgan BMT Boş Assambleyasi sessiyasida va noyabr oyida Samarqandda bölib ötgan xalqaro konferensiyada ilgari surilgandi.
Qayd etilişiça, tomonlar mintaqaviy kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.












