Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, Kiyev Rossiyaga «yakuniy tarzda «alvido» dedi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«Biz birgalikda qölga kiritgan ötgan yildagi eng muhim ğalabalardan biri, - Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan vizasiz rejimning joriy etilişi. Ukraina Rossiya va SSSR imperiyasiga yakuniy tarzda «alvido» dedi», - deya ma'lum qilgan Poroşenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq prezident Pyotr Poroşenko Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlar yetakçilariga Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytiriş böyiça qabul qilingan qaror uçun minnatdorçilik bildirgandi.