Angliya Kubogining 3-bosqiçida «Mançester Siti» öz maydonida «Byornli»ni qabul qildi.
Öyin davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bölsa-da, hisob mehmonlar tomonidan oçildi. 25-daqiqada Barns himoyaçining xatosidan foydalanib, «Siti» darvozasini işğol etdi.
Mezbonlar taşabbusni ikkinçi bölimda gollarga aylantirişdi. Agueroning 2 daqiqa içidagi dubli va Sane bilan Bernardu Silva gollari «Mançester Siti»ni keyingi bosqiçga olib çiqdi.
Angliya Kubogi, 3-bosqiç
Mançester Siti – Bernli - 4:1
6 yanvar, «Etixad Stedium»
Gollar: 0:1 – 25 Barns, 1:1 – 56 Aguero, 2:1 – 58 Aguero, 3:1 – 71 Sane, 4:1 – 82 Bernardu Silva.
Mançester Siti – Bravo, Otamendi, Stounz, Danilo, Zinçenko (Uoker, 72), Silva, Fernandino, Sterling, Gyundogan (de Bryuyne, 76), Sane, Aguero (Bernardu Silva, 79).
Byornli – Poup, Long, Teylor, Louton, Mi, Gudmundsson (Uolters, 75), Kork (Uells, 69), Vestvud, Xendrik, Barns, Vouks.
Ogohlantirişlar: Danilo (49), Vestvud (57), Kork (69).











