Şimoliy Karolina ştatidagi Shallotte River Swamp Park milliy boğida suv bilan birga timsohlar ham muzlab qoldi.

Timsohlar suvda muzlab qolib, uyquga ketgan. Ular nafas olib turiş uçun faqatgina burni va tumşuğini suv ustida qoldirganlar. Boğ vakilining aytişiça, havo isib, muzlar eriganda timsohlar uyğonadilar.

Oxirgi haftalarda AQŞning bir qator ştatlarida sovuq harorat hukm surmoqda. Ba'zi şaharlarda havo harorati 30 daraja sovuqqaça tuşib ketgan. Sovuqlar qurbonlarga ham olib kelgan.

Avvalroq Florida ştatida sovuqdan iguana kaltakesaklari muzlab qolgani ma'lum qilingandi.