2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari» deb nomlangan. Uning Qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş va jadal rivojlantiriş bölimida amalga oşirilişi möljallanayotgan quyidagi çora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Yetakçi xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, Özbekistonda qişloq va suv xöjaligini rivojlantiriş böyiça Dastur işlab çiqiş.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyiha bilan Davlat dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- yaqin va uzoq istiqbolda agrar sohadagi barça taşkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qiliş;
- investitsiyalarni jalb etiş, tarmoqni yanada isloh qiliş va barqaror rivojlantiriş;
- qişloq xöjaligi ekinlari seleksiya-uruğçiligi tizimini takomillaştiriş, innovatsiyalarni joriy etiş;
- qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oşirişning aniq yönalişlari nazarda tutiladi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni yanada diversifikatsiyalaş, qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- paxta va ğalladan böşagan maydonlarga sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlarni, şuningdek, taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan (mamlakatimiz şaroitiga moslaşa oladigan va yuqori hosil beradigan çet eldan olib kelinadigan) boşqa ekin turlarini joylaştiriş, intensiv boğ va tokzorlar taşkil etişning prognoz körsatkiçlari;
- paxta maydonlarini 39 ming gektarga va ğalla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartiriş, uşbu maydonlarda oziq-ovqat ekinlarini yetiştiriş, intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş hisobiga qöşimça 1 mln. tonna meva-sabzavot, kartoşka va boşqa mahsulotlar işlab çiqariş nazarda tutiladi.
Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaşning huquqiy asoslarini yaratiş.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada qişloq xöjaligida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirmaslik hamda iste'mol bozoriga kirib kelişi ustidan qat'iy nazorat örnatiş tartibini joriy qiliş nazarda tutiladi.
Paxta xom aşyosini yetiştiriş, sotiş va qayta işlaş tizimida bozor mexanizmlarini joriy etiş, bunda, avvalo, xom aşyo yetiştiruvçilarning moddiy manfaatdorligini oşirişni közda tutiş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
- paxtaçilik-töqimaçilik klasterlari taşkil etiladigan tumanlar, ularni taşkil etuvçilar, klasterlar uçun ajratiladigan maydonlar, klasterlar uçun imtiyoz va preferensiyalar;
- fermerlar şirkat xöjaliklarini taşkil etişning institutsional va huquqiy asoslari, ular tomonidan qişloq xöjalik mahsulotlarini işlab çiqariş va sotişda hamkorlik mexanizmlari;
- fermerlar tomonidan paxta xom aşyosini qayta işlovçi va töqimaçilik korxonalariga öz ixtiyoriga köra töğridan-töğri sotiş imkoniyati nazarda tutiladi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, qabul qiliş, saqlaş, qayta işlaş va iste'molçilarga yetkazib beriş, şu jumladan, eksport qilişda logistika tizimini yanada rivojlantiriş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada logistika markazlari taşkil qiliş, issiqxona va muzlatkiçli omborxonalar qurişning prognoz körsatkiçlari hududlar kesimida belgilab beriladi.
Aholini çorvaçilik mahsulotlari bilan ta'minlaş darajasini oşiriş, ularning bozorlardagi narx-navolari barqarorligini saqlaşga erişiş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada ozuqa ekin maydonlari hajmi, konsentrat ozuqa işlab çiqariş böyiça taşkil etiladigan quvvatlar, zamonaviy parrandaçilik va bördoqiçilik komplekslarining prognoz körsatkiçlari nazarda tutiladi.
Fermer xöjaliklarida yetiştirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş, şuningdek, fermerlarni zaruriy axborot, ma'lumot va maslahatlar bilan ta'minlaş tizimini takomillaştiriş, fermer xöjaliklarida yetiştirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi ma'lumotlarning yagona bazasini yaratiş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- fermer xöjaliklarida yetiştirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi ma'lumotlarning yagona bazasini yaratiş;
- fermer xöjaliklarini axborot va maslahatlar bilan ta'minlaş böyiça mavjud milliy internet saytlar faoliyatini yanada jonlantiriş;
- mahsulot tayyorlovçi, qayta işlovçi korxonalar va eksport qiluvçilarga qişloq xöjalik mahsulotlarini, şu jumladan, birja savdolarida xarid qiliş böyiça zarur ma'lumotlar oliş kabi masalalar nazarda tutiladi.
Qişloq xöjaligida suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş, suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar hajmini yanada kengaytiriş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- hududlar kesimida suv tejovçi texnologiyalar (tomçilatib suğoriş, plyonka töşab suğoriş, egiluvçan quvurlar yordamida suğoriş, suvni yiğiş xususiyatga ega bölgan gellardan foydalaniş) joriy qilinadigan maydonlarning prognoz körsatkiçlari tasdiqlaş;
- suv tejovçi texnologiyalarni işlab çiqariş uçun zarur böladigan resurslar bilan ta'minlaş kabi tadbirlar nazarda tutiladi.
Suğoriladigan yerlarning meliorativ maydonlarining meliorativ holatini yaxşilaş va suv resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
- Barça rejalaştirilgan tadbirlarning amalga oşirilişi natijasida 270 ming gektar ekin maydonlarining meliorativ holati barqarorligi ta'minlanadi hamda sizot suvlari sathining belgilangan me'yorda bölişiga erişiladi.












