2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari» deb nomlangan. Uning Soliq yukini kamaytiriş va soliqqa tortiş tizimini soddalaştiriş siyosatini davom ettiriş, soliq va bojxona ma'muriyatçiligini takomillaştiriş va tegişli rağbatlantiruvçi çoralarni kengaytiriş bölimida amalga oşirilişi möljallanayotgan quyidagi çora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Erkin raqobat muhitini yaratiş, narxlarning barqarorligi va imtiyozlarning manzilliligini ta'minlaş maqsadida imtiyozlarni işlab çiqariş va xizmat körsatişning alohida turlariga joriy etgan holda ularni individual tartibda beriş amaliyotidan voz keçiş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
- imtiyozlar berişning samaradorligini baholaş va doimiy monitoring qiliş tizimini joriy etiş;
- imtiyozlarni muayyan moliyaviy ijtimoiy natijaga erişiş şarti bilan beriş;
- bojxona tölovlari böyiça imtiyozlarni qayta körib çiqqan holda işlab çiqariş (xizmatlar körsatiş)da foydalaniladigan tovarlar böyiça imtiyozlarni bekor qilib, maqbul boj tölovi stavkalarini belgilaş;
- imtiyozlarni alohida sub'yektlarga emas, balki sohalar yoki tovarlar (xizmatlar, işlar) turlariga nisbatan joriy etiş nazarda tutiladi.
Soliq yukini kamaytiriş va soddalaştiriş, şu asosda işlab çiqarişni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytiriş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
- öz ehtiyoji uçun obektlar qurayotgan, yangi taşkil etilgan kiçik va örta tadbirkorlik sub'yektlariga yagona soliq tölovini ma'lum muddatga keçiktiriş huquqini beriş;
- kiçik korxonalar uçun qöşimça qiymat soliği tölaşga ötişni rağbatlantiriş tizimini joriy qiliş nazarda tutiladi.
Kiçik korxonalarni tez sur'atlarda rivojlanib, işçilar sonini köpaytirişi hamda yirik korxonalar toifasiga ötişini rağbatlantiruvçi tizim joriy etiş.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada işçilar sonini oşirayotgan, tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan kiçik korxonalarga qöşimça soliq imtiyozlarini beriş orqali ularni yirik korxonalar toifasiga ötişini rağbatlantirişni nazarda tutuvçi mexanizmlarni joriy etiş nazarda tutiladi.
Soliq ma'muriyatçiligi va nazoratini taşkil etiş tartibi va metodologiyasini tubdan takomillaştiriş, uşbu tizimni ilğor xalqaro standartlar talablariga muvofiqlaştiriş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Soliq qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasi tasdiqlanadi. Kontseptsiyada:
- Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini işlab çiqiş;
- soliq töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi, soliqlarning töğri hisoblab çiqarilişi, töliq va öz vaqtida tölanişi ustidan nazoratni tubdan takomillaştiriş;
- soliq ma'muriyatçiligining maksimal darajada şaffofligini ta'minlaş mexanizmlarini taşkil etiş;
- zamonaviy innovatsion ğoyalar va tartib-taomillarni joriy qiliş, elektron axborot bazalaridan samarali foydalaniş asosida soliq soliş bazasini kengaytiriş;
- kiçik korxonalarga yagona soliq solişda yalpi daromadni soliqqa tortişdan foydani soliqqa tortişga ötiş;
- pul mablağlarining ğayriqonuniy aylanişi manbalariga barham beriş maqsadida uning sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etiş;
- davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan töldiriş, sohada suiiste'molçilik holatlariga barham beriş böyiça yangi tizimni yaratiş masalalari nazarda tutiladi.
Bojxona ma'muriyatçiligini soddalaştiriş va eksport-import sohasini tartibga soliş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
- bojxona çegarasidan tovarlarni ötkaziş tartiblari va tizimini qayta körib çiqiş;
- ilğor jahon tajribasiga muvofiq milliy bojxona rejimlarini qayta körib çiqiş;
- mamlakat hududidagi bojxona postlari, terminallari va omborlarini ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlaş;
- bojxona rasmiylaştiruvida ortiqça byurokratik tösiq va ğovlarni bartaraf etiş va muddatlarni keskin qisqartiriş maqsadida «yagona darça» tamoyilini keng joriy qiliş nazarda tutiladi.
Bojxona qonunçiligini tubdan takomillaştiriş, uşbu tizimni ilğor xalqaro standartlar talablariga muvofiqlaştiriş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Bojxona qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasi tasdiqlanadi. Kontseptsiyada:
- Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini işlab çiqiş;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini nazoratni tubdan takomillaştiriş;
- jadal özgarayotgan taşqi iqtisodiy vaziyatlarga bojxona organlarining javob beriş va ta'sir körsatiş mexanizmlarini işlab çiqiş;
- bojxona ma'muriyatçiligining maksimal darajada şaffofligini ta'minlaş mexanizmlarini taşkil etiş;
- zamonaviy innovatsion ğoyalar va tartib-taomillarni joriy qiliş, elektron axborot bazalaridan samarali foydalaniş orqali boj stavkalarini tezkor va qulay tarzda qayta körib çiqiş;
- davlat bojxona xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan töldiriş, sohada suiiste'molçilik holatlariga barham beriş böyiça yangi tizimni yaratiş masalalari nazarda tutiladi.
Bojxona körigini xavfni boşqariş tizimi orqali amalga oşiriş mexanizmini joriy qiliş.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bojxona körigini xavfni boşqariş tizimi orqali tadbirkorlik sub'yektlarining işonçlilik darajasiga qarab «yaşil» va «qizil» yölaklar orqali ötkaziş tizimini joriy etiş nazarda tutiladi.













