Özbekistonda davlatning iqtisodiyotni boşqarişdagi ta'siri qisqartiriladi, uning ayrim funksiyalari xususiy sektorga ötkaziladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
2018 yil 1 iyunga qadar işlab çiqiladigan bu boradagi tegişli qonun loyihasi ustida Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qömitasi, Adliya vazirligi, Boş prokuratura iş olib boradi.
Davlat dasturi loyihasida qayd etilişiça, bu borada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi.
Loyihalarda:
davlat nazorati mexanizmlarini takomillaştiriş orqali ruxsat beriş tartib-taomillariga oid ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga ötkaziş;
davlat iştirokidagi biznes tuzilmalarining taşkil etilişini çeklaş;
davlat boşqaruv organlarining ayrim funksiyalarini, şu jumladan ularni muqobil tartibga soliş turlariga (javobgarlikni majburiy suğurtalaş, muvofiqlikni deklaratsiyalaş va boşqalar) almaştiriş orqali qisqartiriş nazarda tutiladi.












