Visual Capitalist infografikasi Xalqaro valyuta jamğarmasining World Economic Outlook hisobotidagi maʼlumotlarga asoslangan. Unda mamlakatlar davlat qarzining mutlaq miqdori böyiça emas, balki yalpi içki mahsulotga nisbati böyiça taqqoslangan. Aholisi bir million kişidan kam davlatlar reytingga kiritilmagan.
AQŞ va Xitoyda qarz yuki
Xitoy davlat qarzining YaIMga nisbati 100 foizdan oşişiga köçmas mulk bozoridagi davomli inqiroz va mahalliy hokimiyatlarning ösib borayotgan qarz majburiyatlari taʼsir qilayotgani qayd etilgan.
AQŞda davlat qarzi YaIMning 126,8 foizini taşkil etadi. Keltirilgan prognozga köra, federal hukumatning qarzga xizmat körsatiş böyiça sof foiz xarajatlari 2026-yilda bir trillion dollarga yetişi, 2036-yilga borib esa ikki baravardan ham köproq oşişi mumkin.
Yevropada Italiya, Gretsiya, Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaning davlat qarzi yillik YAIM hajmidan yuqori. Italiyada bu körsatkiç 137,9 foiz deb baholangan.
Singapurning yuqori qarzi nimasi bilan farq qiladi?
Singapur katta qarz majburiyatlari bilan birga salmoqli moliyaviy aktivlarga ham ega. Şu sababli uning yalpi qarz körsatkiçini aktivlarini hisobga olmasdan baholaş töliq manzarani bermaydi.
Mamlakatda qarz mablağlari asosan investitsiyalar va davlat obligatsiyalarining içki bozorini rivojlantirişga yönaltiriladi. Ular köplab boşqa mamlakatlardagi kabi joriy byudjet xarajatlarini moliyalaştirişning asosiy vositasi emas.
Qarzi nisbatan kam davlatlar
Daniyada davlat qarzi YaIMning 26,4 foiziga teng. Ayni paytda davlat xarajatlari iqtisodiyot hajmining taxminan 44 foizini taşkil etadi.
Mamlakat 2025-yilni YaIMning 2,9 foiziga teng byudjet profitsiti bilan yakunlagani qarz olişga ehtiyojni kamaytirişga yordam bergan.
Rossiyada davlat qarzi YaIMning 19,3 foizi deb körsatilgan. Tayvan va Hongkong ham qarz yuki nisbatan past bölgan iqtisodiyotlar qatorida keltirilgan.
Biroq past körsatkiçning sabablari turliça bölişi mumkin. Masalan, Haitida davlat qarzi YaIMning 10,5 foiziga teng. Bu nafaqat qarz majburiyatlarining kamligi, balki kredit oliş va mablağ jalb qiliş imkoniyatlari çeklangani bilan ham izohlanişi mumkin.

















