Xitoyning Xefey şahrida maktab öqituvçisi tezyurar poyezd eşiklarini tösib, keçikayotgan eri sabab uning ketişiga yöl qöymadi. South China Morning Post şu haqida xabar berdi. 

Voqea Guançjou tomon harakatlanayotgan poyezdda sodir bölgan. Rolikda ayolning farzandi köz oldida stansiya xodimlari bilan bahslaşayotganini köriş mumkin. U eri yetib kelgandan keyingina poyezd eşiklari oldidan ketişini aytadi. 

Bir muddat uni perronga siltab çiqarişadi. Ayol yerga yiqiladi va sönggi lahzalarda eşiklarning yopilişiga yöl qöymaydi, hammasi yana qaytadan boşlanadi. 

OAV ma'lumotlariga köra, er-xotin vokzalni adaştirib qöyişgani sabab poyezdga keçroq kelişgan. Öqituvçi ayol va qizi poyezdga öz vaqtida yetib kelişga ulgurişadi, erini esa çiptalar tekşiriladigan punktda uşlab qolişadi.

Oxir-oqibat butun oila poyezdga qöyiladi. Biroq uşbu video Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida virus kabi tarqalganidan söng ayol Xefeydagi maktabdan işdan çetlatiladi.