2017 yilda Özbekistonga Rossiya nefti eksporti 68,2 ming tonnani taşkil etdi. Bu haqda Rossiya yoqilği-energetika kompleksining Markaziy dispertçerlik boşqarmasi materiallarida xabar berilgan.
Xususan, noyabrda Özbekistonga 30 ming tonna neft, dekabrda – 38,2 ming tonna yetkazib berilgan. Avvalroq, «Transneft» rasmiy vakili Igor Demin kompaniya 2017 yilning dekabrida Özbekiston yönalişiga 50 ming tonna Rossiya nefti quyib berişni rejalaştirgani haqida xabar bergandi.
Özbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beriş böyiça ikki tomonlama memorandum Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi davomida imzolangan.
«Transneft» vitse-prezidenti Sergey Andronov Özbekistonga bu hajmdagi neftni yetkazib berişda «Rosneft», «Gazprom neft», «Lukoyl» va «Russneft» iştirok etişini mumkinligini aytgandi.












