Angliya çempionatining 23-turida «Arsenal» «Bornmut» mehmoni böldi. Uçraşuv mezbonlar jamoasining 2:1 hisobidagi irodali ğalabasi bilan yakunlandi.

Uçraşuvda «töpçilar» asosiy yetakçilari Aleksis Sançes va Mesut Özilsiz harakat qildi. Özil jarohati tufayli maydonga tuşmagan bölsa, Sançes ayni vaqtda boşqa klubga ötiş arafasida.

Öyinning 52-daqiqasida Bellerin «Arsenal»ni oldinga olib çiqqandi. Ammo 70 va 74-daqiqalarda Uilson hamda Ayb tomonidan urilgan gollar mezbonlarning ğalabasini ta'minladi.

Endilikda «Arsenal» 39 oçkosi bilan 6-örinda qolmoqda. Arsen Venger jamoasi birinçi örindagi «Mançester Siti»dan köra (62 oçko) «xavfli hudud»dagi «Bornmut»ga (24 oçko) yaqinroq.

Angliya çempionati
23-tur
Bornmut – Arsenal 2:1
Gollar: 0:1 – 52 Bellerin, 1:1 – 70 Uilson, 2:1 – 74 Ayb.
Bornmut – Begoviç, Kuk, Ake, Deniels (Musse, 63), Frensis, Ayb, Kuk, Freyzer, Gosling, Smit, Uilson.
Arsenal – Çex, Mustafi, Holding, Bellerin, Çembers (Remzi, 74), Çaka, Meytlend-Naylz, Uilşer, Ivobi (Uolkott, 76), Uelbek, Lyakazett.
Ogohlantirişlar: Gosling (21), Frensis (31), Çaka (56), Uilşer (71).