Özbekiston Musulmonlari idorasi AQŞ davlat departamentining xulosalariga raddiya berdi. Davlat departamentiga köra, Özbekiston hamon “vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilişlar tufayli alohida taşvişga sabab bölayotgan” mamlakatlar sirasiga kiradi. Şu bilan mamlakat mömin-musulmonlarning haqli e'tiroziga sabab böldi. 2018 yil 4 yanvar kuni Departament tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytilişiça, bu röyxatdan Eron, Xitoy, Şimoliy Koreya, Myanma, Eritreya, Sudan va Saudiya Arabistoni ham joy olgan.

ÖzMI raddiyasida aytilişiça, bugungi Özbekistonni uşbu röyxatga kiritilişi yanglişdir. Jumladan unda şunday deyiladi:

“Ötgan bir yil davomida diniy sohada eng köp özgariş va yengilliklar böldi. Ezgulik va xuşxabarlarga limmo-lim böldi. Haqiqatan, e'tiqod borasida töplanib qolgan masalalar yeçimini topiş, uşalmas orzu bölib turgan istaklarning röyobi borasida juda ham katta işlar qilindi. Şaxsan Prezidentning sa'y-harakati bilan Islom dini qadriyatlarini asrab-avaylaş, diniy savodxonlikni oşiriş va dinimizning ezgu ta'limotlarini keng tarğib etiş maqsadida, ulkan işlar qilindi. Buni aniq misollarda bayon qiladigan bölsak, jumladan:

Islom sivilizatsiyasi markazi va 2 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida, tasavvuf ilmlarini örganişga ixtisoslaşgan 5 ta ilmiy maktab iş boşladi.

Islomiy ta'lim muassasalari soni 11 taga yetkazildi. Buxoroda Oliy madrasa taşkil etildi. Toşkent islom institutida 3 yillik maxsus sirtqi bölim oçildi, diniy öquv yurtlari qoşida öquv kurslari yuritildi, Qur'oni karim qiroati böyiça “Tahfizul Qur'on” guruhlari faoliyat boşladi, qabul kvotalari 150 foizga oşirildi.

Mamlakatimiz böyiça 15 ta masjid qaytadan barpo etildi, 55 ta masjid kapital ta'mirlandi. Birgina Surxondaryo viloyatining olis hududlarida 4 ta yangi masjid iş boşladi, yana 4 tasini oçiş rejaga kiritildi.

Internet saytlarida diniy fanlardan onlayn darslar taşkil etildi, töğridan-töğri savol-javoblar rukni muntazam işlab turibdi, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda diniy-ma'rifiy tarğibot jadal olib borilmoqda.

Prezidentning yuksak taşabbusi bilan ölkamizning tuman-şaharlarida Alloh taoloning kalomi Qur'oni karimni öz qalblariga jo qilgan qori va qoriyalar musobaqalari keng miqyosda bölib ötmoqda.

Ötgan yil oxirida “Özbekiston Islom akademiyasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror imzolandi. Unga köra, akademiyada “Qur'onşunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisşunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisliklari böyiça magistrlar, şuningdek, uşbu sohada çuqur tadqiqotlar olib boruvçi ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.

Mana şunday keng imkoniyat va qulayliklar bölgan yurtni, bugungi dunyoda topiş kiyin bölsa kerak? Aksinça şunday mamlakatni “vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilişlar tufayli alohida taşvişga sabab bölayotgan” davlatlar röyxatiga kiritiş adolatdan bölmaydi.

Yana şuni qayd etiş kerakki, ommaviy axborot vositalarida diniy xodimlar çiqişlari keskin köpaytirildi. “Hidoyat sari” va “Ziyo” körsatuvlari efir soni ikki baravarga oşirildi. “Özbekiston-24” telekanalida imom-xatiblar iştirokida davra suhbati qilinmoqda. “Madaniyat va ma'rifat” telekanalida ulamolar iştirokida körsatuvlar efirga uzatilmoqda. Şuningdek, “Ziyo çaşmasi” nomli radio eşittiriş va 50 ga yaqin diniy ma'rifiy veb-saytlar iş olib bormoqda.

“Hidoyat” jurnali jami 1 million 145 ming nusxada, “Islom nuri” gazetasi jami 820 ming nusxada naşr etildi. Şuningdek, 200 ga yaqin nomdagi diniy adabiyotlar bir neça yuz ming adadda çop etildi. Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi, hadislar töplami, buyuk muhaddis, olim va fiqh ilmi peşvolarining asarlari tarjima qilinib, xalqimizga tuhfa qilindi.

Yana faxr bilan aytiş kerakki, Özbekiston musulmonlari idorasi rahbarligi ostida Misrdagi “Dorus-salom” naşriyoti va Azhari şarif huzuridagi ilmiy akademiya bilan Qur'oni karimni çop etiş böyiça kelişuvga erişilib, özimizda Qur'oni karim çop etilmoqda. Şu örinda qayd etiş kerakki, közi ojiz mömin-musulmonlar uçun brayl yozuvidagi Qur'oni karim nusxasini çop etiş böyiça Özbekiston dunyodagi uçinçi davlat hisoblanadi.

Haj kvotasi ikki mingtaga, umra kvotasi 4 mingtaga oşdi, birinçi marta Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilaridan bir guruhi bepul hajga yuborildi. Şu kunga qadar jami 120 mingdan ziyod fuqaro haj ibodatini, 92 mingdan ortiği umra amalini ado etdi.

Yana bir muhim masalaga e'tibor qaratiş zarur. Davlat rahbari taşabbusi bilan turli diniy oqimlarga a'zolar röyxatida bölgan 16 ming nafardan ziyod kişi röyxatdan çiqarildi. Uşbu fuqarolarning dardi va maqsadini örganiş, ularni kamsitilişiga mutlaqo yöl qöymaslik, qöllab-quvvatlaş, jamiyatga kirişib ketişlarini ta'minlaş böyiça juda katta işlar qilindi. Birgina Şayxontohur tumanining özida şunday 118 nafar şaxs ambulator va statsionar şaroitda soğlomlaştirildi, 352 nafar bola öz xohişiga köra, tögaraklarga jalb etildi. Tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagini bildirgan 12 nafar şaxsga kredit olişda kömaklaşildi, 3 nafar oilaning uy-joy şaroitini yaxşilaş uçun Sergeli tumanidagi yangi köp qavatli uylardan olişga yordam berildi.

Tarixda ilk bor Özbekiston Prezidenti tomonidan 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etiş, jumladan, turli jinoyat sodir etgan, qilgan işidan qattiq puşaymon bölgan va töğri yölga kirgan, ijobiy tavsif olgan 956 şaxsni jazoni ötaş koloniyalaridan ozod qiliş töğrisida farmoni minglab öksik qalblarga malham böldi. Afv etiş töğrisidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar oilasi bağriga va islohotlarning faol iştirokçisiga aylanişi uçun jamiyatga qaytiş imkoniga ega böldi.

Bunday kişilarni jamiyatga qaytariş, ularning odamlardan ajrab qolmasliklari çorasini köriş, tasalli berib, hayotda öz örinlarini topib olişlariga kömaklaşiş işlari olib borilmoqda. Zero, ular bizning yurtdoşlarimiz, qöni-qöşnilarimiz, oğa-inilarimizdir. Qur'oni karimda bunday marhamat qilinadi:  “Albatta, möminlar dinda özaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz örtasini tuzatib qöyingiz va Allohdan qörqingiz, şoyad, rahm qilinsangiz” (Hujurot, 10).

Demak, özimizning millatdoşimizni, maslakdoşimizni, dindoşimizni, qolaversa, bir mömin-musulmon bandani hayotda öz yölini topişiga yordam qölini çöziş, xato va kamçiliklarini afv etiş, unga töğri yöl körsatiş dinimiz talablaridandir. Alloh taolo “Afvni (qabul qilib) oling, yaxşilikka buyuring”, deb xitob qiladi.

Şu örinda aytiş kerakki, dinimizning şiddat bilan taraqqiy etib borayotgani va oliyjanoblikda ustun ekanini körolmaydigan din duşmanlarining kirdikorlari dunyo musulmonlari ğazabini qözğamoqda. Jahonning turli mintaqalari, xususan, arab-musulmon mamlakatlarida sodir bölayotgan dahşatli voqealar ortida qora kuçlar turganini anglaş lozim. Muhtaram Prezidentimiz BMT Boş assambleyasining 72-sessiyasida: “Biz muqaddas dinimizni zöravonlik va qon tökiş bilan bir qatorga qöyadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan heç qaçon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinçlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylaşga da'vat etadi”, deb yuksak jur'at bilan aytgan mana şu çiqişlari katta jasorat böldi.

Haqiqatan, turli fitnalarning ortida qandaydir kuçlar turganiga teran köz bilan qaraş kerak. Inson har qanday kuçlarning fitnalariga aldanmasligi va nihoyatda huşyor bölişi kerakligi haqida Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Mömin kişi ziyrak, huşyor va oqil böladi”, degan hadislari mohiyatini çuqur tuşuniş lozim.

Xulosa qilib aytiş kerakki, bugun Özbekistonda keçayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar köp millatli xalqimiz tomonidan katta quvonç bilan kutib olinmoqda. Odamlarimiz turmuş tarzida, ayniqsa, diniy-e'tiqodiy masalalarida röy berayotgan ijobiy özgarişlar yurtimizda yaşab kelayotgan barça din vakillari tomonidan e'tirof etilayotganiga hamma guvoh bölmoqda.

Bu muhim jihatlarni inobatga olib, Özbekistonni bu yönalişdagi “alohida taşvişga sabab bölayotgan” mamlakatlar röyxatiga kiritilgani bir zamonlar eskiça qaraşlar asosida qabul qilingan noxolis xulosalar ekanidan dalolat beradi. Şu ma'noda, bu fikrlar AQŞ davlat departamenti tomonidan Özbekiston haqida tarqatilgan axborotni biryoqlama, noxolis ma'lumotlarga tayangan holda tayyorlangan, haqiqiy voqelikdan ança yiroq hisobot deb aytişga asos böla oladi.

Yuqorida qayd etilgan asoslar va yurtimizning köp sonli mömin-musulmonlari murojaatlaridan kelib çiqib, Özbekistonni mazkur röyxatdan çiqariş maqsadga muvofiq böladi”, - deyiladi Özbekiston Musulmonlari idorasi bayonotida.