Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞ Suriya va butun Yaqin Şarq mintaqasining hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga qarşi reja tuzmoqda, deb aytdi. Bu haqda Ruhoniyning saytida aytilgan. 

Eronda Islom hamkorlik taşkiloti Parlament ittifoqining 13-sessiyasi ötmoqda. Unda turli davlatlar qonunçilik organlari vakillari iştirok etmoqdalar. Ruhoniy 16 yanvarda Suriya parlamenti spikeri Hammud as-Saboh bilan uçraşgan.

“AQŞ közlayotgan reja xalqaro me'yorlarni buzadi hamda Suriya va butun mintaqaning hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga qaratilgan makkorona rejadan iborat”, deb aytgan Ruhoniy uçraşuvda va AQŞning Suriyadagi mavjudligini qoralagan.

Avvalroq OAV ma'lum qilgandek, IŞIDga qarşi kuraşuvçi AQŞ boşçiligidagi koalitsiya Suriyada öz nazoratida bölgan hududlarni qöriqlaş uçun “çegara xavfsizligi kuçlarini” tayyorlamoqda. Ta'kidlanişiça, uşbu kuçlarning miqdori 30 ming kişigaça yetkaziladi. Koalitsiya bu maqsadda Suriya demokratik kuçlari bilan birgalikda işlayotgani ma'lum qilingan. Ayni vaqtda 230ga yaqin odam tayyorgarlikdan ötmoqda.