30.12.2017 yildagi ÖRQ-455-son Qonun bilan 1.01.2018 yildan boşlab soliq nazoratining yangi şakli joriy etildi, deb yozmoqda Norma.uz.
  
Soliq monitoringi degani nima?
 
Soliq monitoringi – SKning 67-moddasida nazarda tutilgan boşqa şakllar bilan  bir qatorda soliq nazorati şakllaridan biri hisoblanadi. U davlat soliq xizmati organlari (bundan keyin - DSXO) va insofli soliq tölovçilar örtasida kengaytirilgan axborot almaşinuvini közda tutadi.
 
Uşbu ma'lumotlar almaşinuvi Davlat soliq qömitasi (bundan keyin - DSQ) tomonidan tasdiqlanadigan maxsus reglamentga asosan amalga oşiriladi.
 
Ma'lumot uçun: Loyihada soliq tölovçi soliq monitoringini ötkaziş töğrisidagi ariza bilan birga DSXO bilan kelişiladigan reglament loyihasini özi taqdim etişi nazarda tutilgandi. Bu ğoyadan voz keçildi.
 
Soliq tölovçilar uçun soliq monitoringini ötkaziş – ixtiyoriy qaror.
 
Kengaytirilgan axborot almaşinuvi örniga soliq tölovçi 3 afzallikka ega böladi:
 
• DSXO soliq solişning joriy masalalarini hal qilişda har tomonlama kömak körsatadi;
• soliq monitoringi bilan qamrab olingan davr uçun kameral nazorat ötkazilmaydi (bundan soliq monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan hollar mustasno);
• soliq monitoringi bilan qamrab olingan davr uçun moliya-xöjalik faoliyatini tekşiriş ham ötkazilmaydi (bundan soliq monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan hollar mustasno).
 
Kim soliq monitoringiga “ötişga” haqli
 
Yangi davlat xizmatidan hamma soliq tölovçilar ham foydalana olişmaydi. Buning uçun ötgan yil yakunlariga köra, tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiliş joriy yilning 1 yanvar holatiga EKIHning 70 000 baravaridan (bugungi kunda bu 12 mlrd 56 mln 800 ming söm) ortiqni taşkil etişi kerak.
 
Ma'lumot uçun: Qonun loyihasida mikrofirmalar va kiçik korxonalar soliq monitoringiga “ötişlari” mumkin emasligi körsatilgan edi. Hujjatning e'lon qilingan tahririda bu çeklov olib taşlandi. Bundan taşqari, oborot miqdoriga bölgan 10 mlrd sömlik talab EKIHning 70 000 bavarariga almaştirildi.
 
Soliq tölovçi tomonidan keyingi yilda soliq monitoringida iştirok etiş töğrisidagi ariza soliq böyiça hisobga oliş joyidagi DSXOga joriy yilning 1 iyulidan keçiktirmasdan yozma şaklda, şu jumladan elektron şaklda taqdim etiladi. Ariza şakli DSQ tomonidan tasdiqlanadi.
 
DSXO bir oy muddatda (ya'ni 1 avgustdan keçiktirmay) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

• soliq monitoringini amalga oşiriş;
• soliq monitoringini amalga oşirişni rad etiş.
 
Rad etiş uçun asoslar:

• soliq tölovçi tomonidan ariza öz vaqtida taqdim etilmaganligi (1 iyuldan keyin);
• soliq tölovçi tomonidan ariza belgilanmagan şaklda (DSQ tomonidan tasdiqlangan şakldan farq qiladi) taqdim etilganligi;
• reglament talablariga rioya etilmaganligi.
 
Ma'lumot uçun: Qonun loyihasida arizani körib çiqiş uçun DSXOga 1 oktabrgaça bölgan muddat, ya'ni kamida 4 oy ajratilgan edi. U bir oygaça qisqartirildi. Şuningdek rad etiş uçun asoslar ham özgartirildi.
 
Soliq monitoringi qanday ötkaziladi
 
Soliq monitoringi 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bölgan butun moliya yilini qamrab oladi. Bu soliq monitoringining davri hisoblanadi. Biroq DSXO soliq monitoringi böyiça işlarni amalda mazkur moliya yilining 1 yanvaridan keyingi moliya yilining 1 iyuniga qadar ötkazadi. Şu tariqa, soliq tölovçi yana yarim yil reglamentning barça talablariga rioya qilişiga töğri keladi.
 
DSXO soliq tölovçidan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning töğri hisoblanişi, töliq va öz vaqtida tölanişi bilan boğliq zarur hujjatlar, ma'lumotlar, tuşuntirişlarni talab qilib oliş huquqini oladi. Talab qilib olinadigan hujjatlar, ma'lumotlar va tuşuntirişlar yozma şaklda (şu jumladan elektron şaklda) 10 kun içida taqdim etiladi.
 
Ularni taqdim etiş imkoniyati mavjud bölmagan taqdirda, soliq tölovçi bu haqda sabablarini körsatgan holda tegişli DSXOni talabnomani olgan kundan e'tiboran 3 kunlik muddatda xabardor qiladi. Ya'ni hujjatlarni taqdim etiş imkoniyati mavjud emasligi töğrisida DSXOga xabar beriş uçun 10 kun kutişga yöl qöyib bölmaydi.
 
DSXO hujjatlarni örganib, qonunbuzarliklarni aniqlagan holda soliq tölovçiga asoslantirilgan fikrni yuboradi. Bundan taşqari, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning töğri hisoblanişi, töliq va öz vaqtida tölanişi borasida soliq tölovçida şubhalar mavjud bölganda, u DSXOning asoslantirilgan fikrini oliş töğrisida sörov bilan murojaat qilişi mumkin (sörovda özining pozitsiyasini aks ettiriş ham talab etiladi).
 
Soliq tölovçining sörovi böyiça asoslantirilgan fikrni tayyorlaş va yuboriş muddati – bir oy. Loyihada soliq tölovçi söroviga javobni tayyorlaşga bir oygaça uzaytiriş imkoniyati bilan 10 kun, uni jönatişga qöşimça 3 kun muddat nazarda tutilgan edi.
 
Soliq tölovçi DSXOning asoslantirilgan fikrini olgan holda:

• uşbu fikrga rozi bölgan taqdirda – fikrni olgan kundan boşlab e'tiboran 1 oy içida bu haqda uning ijrosini tasdiqlovçi hujjatlarni ilova qilgan holda DSXOni xabardor qilişi;
• uşbu fikrga rozi bölmagan taqdirda – öz e'tirozlarini fikrni olgan kundan e'tiboran 1 oy içida DSXOga taqdim etişi şart.
 
E'tirozlar mavjud bölgan taqdirda özaro kelişuv jarayoni boşlanadi. Dastlab DSXO 3 kun muddatda e'tirozlarni yuqori turuvçi organga yuboradi. Şu bilan birga asoslantirilgan fikrni tuzgan DSXO xodimlari, soliq tölovçi va yuqori turuvçi DSXO vakillarining şaxsiy iştirokida e'tirozlarni körib çiqiş uçun bir oylik muddatni hisoblaş boşlanadi.  Muloqot natijalariga köra, soliq tölovçiga şu kunning özida şaxsiy kabinet orqali özaro kelişuv natijalari töğrisidagi xabarnoma yuboriladi. Loyihada xabarnomani yuborişga 3 kun ajratilgan edi.
 
Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin töxtatiladi:

1) soliq tölovçi tomonidan özaro axborot almaşinuvi reglament talablari bajarilmaganda, şuningdek soliq tölovçining asoslantirilgan fikrga yoki özaro kelişuv natijalari böyiça tuzilgan xabarnomaga roziligi (rozi emasligi) töğrisida ma'lumotlar taqdim etmaganda;
2) soliq monitoringini amalga oşiriş davrida davlat soliq xizmati organiga moliyaviy va soliq hisobotlarini topşiriş muddatlari buzilganda;
3) soliq monitoringini amalga oşiriş davrida soliqlar va boşqa majburiy tölovlar öz vaqtida va töliq tölanmaganda;
4) soliq monitoringini qöllaş davrida hisoblangan soliq tölovlari kamayişini, zararlar miqdorining oşişini nazarda tutuvçi aniqlaştirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilganda;
5) soliq monitoringini amalga oşiriş jarayonida soliq tölovçi tomonidan notöğri axborot taqdim etilganda;
6) hujjatlar, ma'lumotlar va tuşuntirişlar özaro axborot almaşinuvi reglamentida belgilangan talablar soliq tölovçi tomonidan muntazam ravişda buzilgan holda taqdim etilganda;
7) soliq tölovçi tomonidan soliq monitoringini muddatidan oldin tugatiş töğrisida ariza taqdim etilganda.
 
Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatiş töğrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi şu kunning özida soliq tölovçini yozma şaklda, şuningdek soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
 
Ma'lumot uçun: Loyihada yuqorida sanab ötilgan asoslarning hammasi ham soliq monitoringini muddatidan oldin tugatişga sabab böla olmasdi. Xususan, moliyaviy va soliq hisobotlarini topşiriş muddatlari buzilganda, aniqlaştirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilganda, özaro kelişuv natijalariga köra xabarnoma talablarini bajarmaslik faqat kameral va rejali soliq tekşirişlarini ötkazişga sabab bölgan.