Tojikiston Respublikasining Iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligi Sarmoyalarni dasturlaştiriş hamda mintaqalarni rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Asqar Nuralizoda 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U ötgan yilning sentabr oyi oxirida mamlakat korrupsiyaga qarşi kuraş mahkamasi xodimlari tomonidan yarim million dollar miqdorida pora olgani uçun uşlangandi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

U Tojikiston Respublikasi JKning «yirik miqdorda pora oliş» moddasi bilan aybdor deb topildi.

Sudning amaldorga nisbatan hukmi 10 yanvarda çiqarilgan, biroq bu haqda endigina ma'lum böldi. Qonun normalariga köra, sudlangan va uning himoyasi sud qaroriga hukm e'lon qilinganidan söng ön kun davomida şikoyat arizasini berişi mumkin.

Mamlakat Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi ma'lumotlariga köra, u bu pullarni Jaloliddin Balxiy tumanida yaşovçi fuqarodan olgan. Evaziga esa tumanda parrandaçilikni rivojlantiriş böyiça investitsiyalar davlat dasturiga tegişli band kiritilişi hamda keyinçalik uşbu şaxs bunga 10 mln dollar miqdorida grant olişi kerak bölgan.

Umuman olganda, Asqar Nuralizoda, agentlik ma'lumotlariga köra, bölajak grantning umumiy hajmidan 10 foiz, ya'ni 1 mln dollar miqdorida pora söragan. Şu tariqa, Nuralizoda poraning birinçi qismini olgan, ikkinçi qism esa grant taqdim etilganidan söng berilişi lozim bölgan.