Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilişiça, AQŞ rahbari Donald Tramp Donbassdagi mojaroga yeçim topiş böyiça muzokaralarni Minskdan boşqa şaharga köçirişni taklif qilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Nazarboyev Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengaşining yiğilişi yakunlari böyiça matbuot anjumanida şunday bayonot bilan çiqdi.

«Biz «Minsk-1» töxtab qolgani, boşi berk köçaga kirib qolgani, «Minsk-2» kerakligi haqida gaplaşdik. U şunday dedi: «Keling, boşqa joyga köçiramiz». Men esa: «Mayli» dedim», - deya aytib ötdi Qozoğiston rahbari.

Uning qöşimça qilişiça, katta ehtimol bilan yangi muzokaralar Qozoğistondagi şaharlardan birida taşkil etiladi.

«Mening fikrimça, Minsk kelişuvlari boşi berk köçaga kirib qoldi. Hozirda tinçlikparvar kuçlarni Donbass hamda Luganskka kiritiş kerak, ular çegarani aniqlab berişi lozim. Ularning pozitsiyalarini yaqinlaştiriş, özaro murosaga keltiriş kerak. Bugun bu narsa yöq», - deya xulosa qildi Nazarboyev.