Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev "Davlat va jamiyat boşqaruvida fuqarolar iştirokini ta'minlaşning ustuvor vazifalari: ilğor ğoyalar, innovatsiya va texnologiyalar" mavzuida xalqaro anjuman vaqtida Özbekiston BMTning davlat xizmatlari mukofoti (The United Nations Public Service Awards) tanlovida iştirok etişi lozimligini qayd etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

"BMT tomonidan har yili "The United Nations Public Service Awards" tanlovi taşkil etiladi. Öylaymanki, Özbekistonning ham mazkur tanlovda iştirok etiş vaqti keldi. Joriy yilning kuzida yurtimizda amalga oşirilayotgan xalq bilan muloqot jarayonlari, virtual qabulxonalar faoliyati böyiça öz tadqiqotimizni qilamiz. Bugungi anjuman iş rejasiga mana şu masalani ham kiritib qöyişni taklif qilaman. 

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi xorijiy davlatlar elçixonalari, xalqaro taşkilotlar vakillarini hammkorlikka çaqirgan holda bu masalaga köproq e'tibor qaratişlarini sörab qolaman", degan Sodiq Safoyev.