Aksariyat allaqaçon devayslardagi biometrik sensorlarga örganib qolgan, biroq plastik kartadan pul yeçiş kerak bölsa, hali-hanuz PIN-kod kabi eng xavfsiz usuldan foydalaniladi. Visa kompaniyasi bunga özgartiriş kiritişga qaror qildi va öz kartalariga barmoq izlari skanerini örnata boşladi. 

Ta'kidlaş joizki, Visa vakillari yangi usulga bekorga murojaat qilişmagan. Keng kölamdagi sörovnoma ötkazilib, unda foydalanuvçilar tomonidan yangi usul tanlangan. Uning mohiyati şundan iboratki, kimki yangi namunadagi Visa kartasidan foydalansa, barmoq izlari skaneri yordamida şaxsni tasdiqlovçi odatiy jarayonni qöllay oladi. Barmoq izlari skaneri karta terminalga qöyilgan paytda faollaşadi. Foydalanuvçi barmoğini qöysa, çip uning izlarini arxivdagisi bilan taqqoslaydi va tranzaksiyaga ruxsat beradi yoki bermaydi. Bundan taşqari, PIN-kod orqali tasdiqlaşdek "an'anaviy" usul ham qoladi. 

Tizim töliq avtonom hisoblanadi, zero barmoq izi faqat kartaning özida saqlanadi, çip esa terminaldan quvvat oladi. Yangi namunadagi ilk kartalar Mountain America Credit Union va Bank of Cyprus kompaniyalari xodimlari hamda mijozlariga tarqatiladi.