BMT Markaziy Osiyo va Afğonistonda suv resurslarini boşqariş va energetikaga oid loyihalarni amalga oşirişda kömak berişga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş juma kuni ötkazilgan BMT XK yiğilişida ma'lum qildi.

BMT Boş kotibi «mintaqa iqtisodiy rivojlanişiga fundamental muhim ta'sirga ega» suv resurslarini boşqariş böyiça olib borilayotgan işlarni alohida ta'kidlab ötdi.

Antoniu Guterrişning aytişiça, sönggi ön yil içida Tojikiston hududidagi muzliklarning deyarli 30 foizi erib ketgan.

«Orol dengizi esa bugungidan ham katta muammolarga duçor bölişi mumkin. Ekologik qaşşoqlik mintaqa davlatlarini yaqindan hamkorlik qilişga undaydi», deb fikr bildirdi u.

Ma'lumot uçun, 2011 yil BMT tomonidan Markaziy Osiyoda terrorizmga qarşi kuraş strategiyasi qabul qilingan bölib, hujjat mintaqada iqtisodiy rivojlaniş va hamkorlik şartlariga özgariş olib kirgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mazkur yiğilişda iştirok etib, navbatdagi Afğoniston masalasini Toşkent şahrida muhokama etişni taklif qilgandi.