Özbekiston energetika vaziri Şerzod Xöjayev va Qirğiziston energetika vaziri Altinbek Risbekov örtasida bölib ötgan uçraşuvda ikki mamlakat örtasida energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida elektr energiyasini özaro yetkazib beriş va tranzit qiliş, Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining barqaror işlaşini taʼminlaş, şuningdek, kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida hamkorlikdagi çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, mintaqaviy energetika infratuzilmasini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega bölgan qöşma loyihalar, jumladan, “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar energetika sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, özaro manfaatli taşabbuslarni ilgari suriş hamda ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Qambarota-1 GESi qurilişi 2027 yoki 2028-yilda boşlanişi mumkinligini aytgandi.
















