«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola joriy haftada futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan braziliyalik Ronaldino borasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Ronaldino — klubning nufuzini oşiriş uçun eng köp harakat qilgan futbolçi. Öşanda Laportadek ajoyib prezident qöl ostida va Ronaldinodek futbolçi bilan klubning yönalişi butunlay özgargandi.
U köp yillar davomida fantastik futbol namoyiş etdi. Ispaniya çempionati va Yevropa çempionlar ligasida ğalaba qozondi. Ronaldino — butunlay boşqa saviyadagi futbolçi.
Messigaça Ronaldinoga öxşaş kuçli futbolçini körmaganman», - deya Gvardiolaning sözlarini keltiradi Sport.es.
Eslatib ötamiz, Ronaldino «Barselona»da yulduzlik onlarini ötkazgan vaqtida, Gvardiola kataloniyaliklarning yoşlar tarkibiga ustozlik qilardi. 2008 yilda Pep kök-anorranglilar boş murabbiy etib tayinlanganida esa braziliyalik futbolçi klubni tark etgandi.











