Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Lionel Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaşiga bağişlangan postiga izoh qoldirdi.

«Leo, şunça yil mamlakating şarafini himoya qilding - sening tarixing xotiralarda abadiy qoladi. Argentina bilan erişgan barça yutuqlaringni çin dildan hurmat qilaman. Quçoqlab qolaman», - deb yozdi portugaliyalik futbolçi.

Messi 7-oktabrga ötar keçasi Argentina terma jamoasidagi xayrlaşuv öyinini ötkazdi. Buenos-Ayresda Beninga qarşi bölib ötgan örtoqlik uçraşuvi mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 39 yoşli hujumçi penaltidan gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oşirdi.

Messi milliy jamoa safida jami 208 ta uçraşuvda 126 ta gol urgan va 70 ta golli uzatma bergan.

Ronaldu avvalroq ham Messining otasidan ayrilgani haqidagi postiga izoh yozib, hamdardlik bildirgandi. Uşbu izoh hozirgaça 7,2 mln «layk» töplagan va Instagram tarixida eng köp «layk» yiğgan izoh bölib turibdi.