Havayi gubernatori Devid Ayjning ma'lum qilişiça, raketa zarbasi haqidagi ma'lumot tvitterdagi sahifasiga kiriş uçun maxfiy söz xotirasidan kötarilgani tufayli tezlik bilan rad etilmagan. Bu haqda Honolulu Star Adviser gazetasi xabar berdi.

Gubernatordan xavfsizlik xizmatlari ikki daqiqadan söng tahdid haqidagi xabar yolğon bölganini aytişgan bölsa-da, nega u trevogani 17 daqiqadan söng bekor qilgani haqida söraşdi.

«Men öşa paytda Havayi ştatining favqulodda vaziyatlar böyiça boşqarmasi va boşqa idoralarga qönğiroq qilayotgan edim. Şuni tan oliş kerakki, men tvitterdagi sahifam logini va unga kiriş uçun maxfiy sözni bilmayman, bu men özgartirgan bandlardan biri böldi. Men ularni telefonga yozib oldim, bu bizda ijtimoiy tarmoqlarga töğridan-töğri kiriş uçun imkoniyat bölişi kerak», - deya javob qaytardi Ayj.