Havayida Kilauea — arxipelagdagi eng faol vulqonlardan biri harakatga keldi. Lava 300 metrdan balandroqqa otilmoqda, deb xabar beradi AQŞ Geologiya xizmati.
Qayd etilişiça, vulqon 25 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:15 dan otilişni boşlagan. Lava favvoralari Halemaumau krateri ustiga kötarilgan, janubiy teşikdan otilgan lava — 70 metrga, şimoliy teşikdan otilgani esa 300 metrdan balanroqqa kötarilgan.
Vulqon harakati tufayli sutkasiga 50 ming tonnaga yaqin oltingugurt dioksidi havoga ajralmoqda. Uşbu gaz smogga aylanib, nafas olişda muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Bu ayniqsa, vulqon atrofida joylaşgan aholi punktlarida yaşovçilar uçun xavfli. Şuningdek, suv buği va karbonat angidrid gazining yuqori konsentratsiyasi kuzatilmoqda.
Vulqon oğzidan lava bilan birga, boşqa xavfli narsalar ham otilmoqda. Ular orasida «Pele soçlari» deb ataluvçi ipga öxşaş vulqon şişasidan hosil bölgan lava tolalari ham bor. Uşbu zarralar şamol bilan önlab kilometr uzoqlikka tarqalişi mumkin.
Harakatga kelgan vulqon 2007 yilda taşriflar uçun yopilgan «Havayi vulqonlari» milliy boği hududida yuz bermoqda. Lava oqimlari hozirça kraterdan taşqariga çiqqani yöq, ammo mutaxassislar Halemaumau atrofidagi yoriqlardan ogohlantirmoqda.
Şuningdek, zilzila xavfi ham saqlanib turibdi. Yerosti silkinişlari krater devorlarining qulaşiga olib kelişi mumkinligi aytildi.
Eslatib ötamiz, aprel boşlarida Filippindagi Negros orolida Kanlaon vulqoni harakatga kelgandi.

















