Havayida 2024 yil oxirlarida harakatga kelgan Kilauea vulqonining otilişi davom etmoqda. Uning yangi faollik fazasi 25 mart kuni boşlangan va ertasi kuniyoq vulqon lavalari 200 metrdan ortiq balandlikka otilgan.

Vulqonning hozirgi harakati 2024 yil 23 dekabrda boşlangan edi. Uç oy içida jami 15 ta faollik fazasi kuzatilgan bölib, ular 24 soatda 12 sutkaga qadar davom etgan.

Vulqon harakati turistlarni jalb etgan, ular xavfsiz masofadan turib, tabiat hodisasini kuzatişlari mumkin. Xalemaumau kraterlari çetiga ham bir neçta kamera örnatilgan — ular vulqon otilişini uzluksiz translatsiya qilmoqda.

Lava oqimlari mahalliy aholiga tahdid uyğotmaydi, ammo vulqon gazlari potensial xavf tuğdirişi mumkin, ayniqsa, respirator va yurak-qon tomir kasalligi bor insonlarda. Bundan taşqari, xavf tuğdiruvçi omillardan biri «Pele soçlari» deb ataluvçi ipga öxşaş vulqon şişasidan hosil bölgan lava tolalaridir. Ular erigan bazaltning çözilişi natijasida şakllanadi — şamol ta’sirida uzoq masofalarga tarqalib, inson terisi yoki közlariga tekkanda, zarar yetkazişi mumkin.

Kelauea dengiz sathidan 1243 metr balandlikda Havayi orolining janubi-şarqiy qismida joylaşgan. U Tinç okeani arxipelagidagi eng faol vulqon hisoblanadi. Masalan, Puu-Oo krateri 40 yildan oşiq vaqtdan beri — 1983 yildan buyon uzluksiz otilib turadi.

2018 yilda Kilaueaning faol fazasi may oyidan avgustga qadar davom etgan. Öşanda lava sabab mahalliy aholi evakuatsiya qilingandi. Vulqon otilişi oqibatida yuzaga kelgan yonğinlar natijasida 700 dan ziyod uy yonib ketgan.