Qozoğiston Investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vazirligi huzuridagi transport qömitasi IIV ma'muriy politsiyasi bilan birgalikda «Avtobus» tezkor-profilaktik tadbirni ötkazadi.
Qozoğiston Investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, qaror Aqtöbe viloyatida 18 yanvar kuni yuz bergan fojia tufayli qabul qilingan.
22 yanvar – 18 fevral kunlariga rejalaştirilgan tekşiruv tumanlararo, şaharlararo, viloyatlararo va xalqaro qatnovda yölovçilar hamda yuk taşiş bilan şuğullanuvçi transport va haydovçilarni qamrab oladi. Texnik holatda qoidabuzarliklar aniqlansa, bu ularni qatnovdan olişgaça bölgan çoraga olib kelişi mumkin.
Avtotransport harakatining ehtimoliy yaşirin yönalişlarini aniqlaş böyiça transport nazorati inspeksiyasi xodimlari va jamoatçilik vakillari orasidan mobil guruhlar taşkil etiladi. Alohida e'tibor avtoransportning majburiy va reysdan avvalgi texnik körigi hamda haydovçilarni tibbiy körikdan ötkazişga qaratiladi.
Avvalroq FVV Qozoğistonga borişni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolariga murojaat bilan çiqqani xabar berilgandi.













