Anqara va Vaşingtonning hamkorligi davom etişining asosiy şarti AQŞning suriyalik kurdlarga qurol yetkazişini töxtatişi va ularga avval yetkazilgan qurolning qaytarib olinişi hisoblanadi. Bu haqda Turkiya boş vaziri örinbosari Bakir Bözdag ma'lum qildi.
“Biz ittifoqdoşlarimizni (AQŞ) ular terrorçilarga (Suriyadagi kurd qurollangan tuzilmalari) qurol bilan yordam bermasliklari kerakligidan bir neça marta ogohlantirganmiz. Hamkorlikni davom ettirişning asosiy şarti qurol yetkazib berişni töxtatiş va avval yetkazilganini qaytarib olişdan iborat”, deb aytgan Bözdag jurnalistlarga.













