Ukrainada «Batkivşçina» fraksiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenkoni qonunçilikni buzişda aybladi. Bu davlat rahbari Timoşenkoning partiyasi vakilini Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yangi tarkibiga kiritmagani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Ukrainskaya pravda».

«U (Poroşenko) MSK tarkibini taqdim etib, u yerga özining köplab odamlarini kiritdi. Özining partiyasidan 5 kişi, «Xalq fronti»dan ham taxminan şunça. Boşqa barça fraksiyalardan – bir kişidan. Faqatgina bitta parlamentdagi siyosiy partiya - «Batkivşçina»dan heç kim yöq. Prezident bironta nomzodni taqdim etmadi, bu Markaziy saylov komissiyasi töğrisidagi qonun va demokratiya barça asoslarining buzilişi», - deya ma'lum qildi Timoşenko.

Fraksiya yetakçisining sözlariga köra, bu Poroşenko Ukrainada bölib ötişi rejalaştirilgan saylovlarni soxtalaştiriş niyatida ekanini bildiradi. Şundan söng Timoşenko undan MSK tarkibiga «Batkivşçina» partiyasidan nomzod kiritişni talab qilgan.