Hurmatli Jamşid Anvaroviç!

Prezidentimiz Sizga qanday işonç bildirib, Respublikaning eng muhim böğiniga rahbar etib tayinlaganidan xabardormiz. Bu sohada katta özgarişlar qiliş uçun prezidentimiz singari şijoat bilan işlaşingizdan ham umidvormiz.

Men moliyaçi emasman, bu sohani bilmayman, ammo odamlarning dardini yaxşi biladigan bir jurnalist, yozuvçi sifatida millat dardida qayğurib yozgan maqolalarim bois ayrimlar öz muammolarini menga yozib, yordam berişimni söraşayapti. El işonib, dardini bir yozuvçisiga aytgani yaxşi, ammo köp muammolarni hal qiliş mening vakolatimga kirmaydi.

Sizning e'tiboringizni bir yigitning xatiga qaratmoqçiman, oldindan aytib qöyay, men u yigitni tanimayman, körmaganman, ammo menga murojaat qilgaç, işlayman, deb yonib turgan bir yigitning taqdiriga befarq qarab turolmadim.

“Odiljon Oxunjonovman. 1992 yilda Farğona viloyati Buvayda tumanida tuğilganman. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat hamda magistratura bosqiçini tamomlaganman. Mutaxassisligim buxgalteriya hisobi va audit. Bundan taşqari, davlat moliyasini boşqariş sohasida ham öqidim.

Hozir Toşkentdaman. Yarim yildan beri iş izlayman. Men iş sörab, murojaat qilmagan taşkilot qolmadi, hisobi. Hammasida hujjat qoldiring, deyişadi, lekin natijadan darak yöq.

“Özpaxtasanoat” eksport xoldingga avgust oyida hujjat berdim. Kadrlar bölimida hujjatlarimni oçib ham qaraşmadi.

“Mikrokreditbank”ka hujjat berdim. Viloyatlik ekanimni bilgaç, odam örnida körib muomala ham qilişmadi.

“Ipoteka bank”ka köp bor murojaat qildim. “Hujjatlaringizni qoldiring, özimiz qönğiroq qilamiz”, deyişdi. Beş oydirki, qönğiroq kutaman...

Boşqa idora va taşkilotlar ham şunday munosabat bildirişayapti.

Xullas, uçta diplom va sertifikatim bilan işsizman. Ayni vaqtda Sergelidagi köp qavatli uy qurilişida oddiy işçi bölib işlayapman.

Koreyaga işga ketmoqçi bölib, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga bordim va u yerdagi qoğozbozlikdan boşim aylanib ketdi. Hammasini tayyorlab kelganimda ham Koreyaga işga ketişimni yillab kutişim kerak ekan.

Axir men Özbekistonning oliy ma'lumotli farzandiman, işlayman deb yuragim qaynab turibdi. Nahotki biror yerdan iş topolmay, Rossiyaga borib, qor kurasam, qora işlarni qilsam?

Işga kirişning yölini örgatayotganlar bor, ammo men ular aytgandek, pora berib işga kiriş uçun yetti-sakkiz yil öqimadim-ku? Mustaqil hayotimni qinğirlik bilan boşlamoqçi va umrim davomida qinğirliklar bilan işlamoqçi emasman. Halol yöl bilan işga kirib, Vatanim ravnaqi uçun pokiza vijdon bilan halol işlamoqçiman.

Prezidentimizning yoşlarga berayotgan e'tiborlari, ayniqsa, u kişining şiddat bilan yonib işlayotganlarini körib, u kişining yonida bölsam, işlariga kamarbasta bölsam, men ham u kişi bilan yelkama-yelka işlasam, deyman. Ammo hozirça öz kuçimni, bilimimni körsatiş uçun imkon berişmayapti.

26 yoşdaman, kuçga tölganman, bilimim bor, aqlim bor, eng muhimi, şijoat bilan işlayman, degan ahdim bor, ammo imkonim yöq.

Biror munosib işga joylaşişimda menga yordam bering!”

Hurmatli Jamşid Anvaroviç!

Xabarim bor, vazirlikda katta “tozalaş” işlarini boşlagansizlar. Sizlarga halol, pok, iymonli, ğayratli yoşlar kerak. Sizdan şu yurtning bir yozuvçisi, jurnalisti sifatida iltimos qilaman, şu yigitni işga oling, zero menga notaniş bölgan elning şu farzandi Sizga begona emas ekan, u siz dars bergan universitet bitiruvçisi, qolaversa, uçta diplomli bir moliyaçi ekan. Şu yigitga özini, kuçini, bilimini, salohiyatini körsatişga imkon bering!

Şunday yigitlar Sizga ham, Prezidentimizga ham, xalqimizga ham sadoqat bilan xizmat qilişlariga men işonaman!

Kim bilsin, balki men Sizga kelajakda eng sadoqatli va eng munosib şogird böladigan yigit haqida murojaat qilib turgandirman. Balki kelajakda buning uçun minnatdor ham bölarsiz. Ammo öğlingiz tengi bir yigitning boşini silab, unga imkon bersangiz, katta savob topişingiz, katta hurmat va ehtiromga ega bölişingiz şubhasiz!

Hurmat bilan Karimberdi Töramurod.