Işsiz yo kambağal bölişga “çeklov” bormi? | Hafta dayjyesti
|09:00 / 26.07.202649 87015 min
“Neft-gaz işi” sudga oşirildi: sudlanuvçilar orasida maşhur kompaniyalar vakillari ham bor. “Mas’ullarning ongi özgarişi kerak”: prezident biznes uçun jarimalar va yiğimlarni keskin kamaytirişni buyurdi. Toşkent–Samarqand pulli yöli qurilişi boşlandi; Xiva-Urganç pulli yöli esa keyingi oydayoq işga tuşişi mumkin. Kambağallik va bandlik statistikasi söroq ostida: közböyamaçilik kimga kerak?
Tugayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa ayrim voqealari – Kun.uz dayjyestida.
Bahodir Siddiqov va Akmalxon Ortiqov sud kursisida
Oxirgi vaqtlardagi eng şov-şuvli ikkita korrupsion keys – “Özbekneftgaz” va Davaktiv sobiq rahbarlari bilan boğliq jinoyat işlari böyiça sud jarayonlari boşlandi.
“Neft-gaz işi” doirasida jami 9 kişi uyuşgan guruh tarkibida yoki uyuşgan guruhning manfaatlarini közlagan holda, juda köp miqdordagi talon-torojliklarda ayblanyapti. Ulardan 5 nafari qamoqqa olingan, 4 kişiga garov ehtiyot çorasi qöllangan.
Sudlanuvçilar qatoridan “Özbekneftgaz” sobiq raisi Bahodir Siddiqovdan taşqari, uning örinbosari bölib işlagan Baxtiyor Anorqulov, kompaniyaning Xaridlar departamenti boşliği Dilmurod Burxonov va kompaniya tasarrufidagi “Maxsusenergogaz” AJ raisi Dilşod Haqberdiyev ham joy olgan.
Qolgan sudlanuvçilar – neft-gaz sohasidagi xususiy kompaniyalar mas’ullaridan iborat. Enter Engineering direktori Uluğbek Usmonov, Eriell'ning ayrim tuzilmalarini boşqargan Nodirjon Boboyev va Petromaruz rahbari Hamidulla Asatov şular jumlasidan.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligidagi öğriliklarga kelsak, bu işdagi sudlanuvçilar qatorida davlat xizmatçilari soni bir yoki ikki nafar xolos. Agentlikni roppa-rosa 5 yil boşqargan Akmalxon Ortiqov bir qator baholaş kompaniyalari rahbarlari bilan birga davlat mulklarini talon-toroj qilişda ayblanyapti. U va yana bir sudlanuvçi ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Har ikkala jinoyat işi böyiça ayblov xulosalari oçiqlanmagani tufayli gumon qilinayotgan talon-torojliklar qanday sodir etilgani, yetkazilgan zarar hajmi, sudlanuvçilarning ayblovga munosabati va boşqa tafsilotlar hozirça ma’lum emas. Faqat “Davaktiv işi” böyiça avvalroq davlat rahbari oçiqlagan bir detalni eslab ötişimiz mumkin: unga köra, agentlik mansabdorlari bozor qiymati kamida 250 mlrd sömlik yer uçastkasini yopiq auksionga çiqarib, 120 mlrd sömga sotib yuborgan.
“Bizga 9-10 foizlik ösiş kerak”
Mavzuga oid
Özbekiston iqtisodiyoti ketma-ket ikkinçi yil kutilganidan ança tezroq ösyapti. Ötgan yili YaIM ösişi 6 foiz bölişi möljal qilinib, yakunda 7,7 foizni taşkil etgan edi; şu kabi joriy yilda ham hukumat yil boşidagi 6,6 foizlik prognozni kuni keça 8,1 foizgaça oşirdi. Bunga yarim yillik yakunlari böyiça qayd etilgan 8,5 foizlik ösiş asos bölgan.
Tarmoqlardagi turli mulohazalar fonida deputat Alişer Qodirov e’lon qilingan iqtisodiy ösiş körsatkiçlariga şubha bildirmaslikka çaqirdi. “Bu sonda öyin qilib bölmaydi, bu – xalqaro hisob-kitob va real yaratilgan qiymat, sönggi ön yilning qora mehnati. Aholi daromadlari, turmuş tarzi sezilarli özgardi, buni heç kim rad etolmaydi”, deb yozdi Qodirov öz Telegram-kanalida.
Prezident Şavkat Mirziyoyevga köra, aholi hayotini yaxşilaş uçun iqtisodiy ösiş yanada tezlaşib, 9-10 foizga yetişi kerak. Şu bilan birga, prezident bu körsatkiçlar “qoğozdagi raqam” bölib qolmasligi kerakligini aytdi:
“40 millionlik aholining hayotini yaxşilaş uçun bizga 9-10 foizlik iqtisodiy ösiş zarur. [...] Har bir vazir, hokimning qilayotgan işi odamlarning yaşaş madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning oğirini yengil qilişga, faoliyatini kengaytirişga turtki bermasa, erişilgan har qanday natija faqat va faqat eski tizimdan illat bölib qolgan “qoğozdagi raqam” bölib qoladi”.
Yiğilişda tadbirkorlarni qiynayotgan jarimalar va boşqa turli tölovlarni kamaytiriş böyiça topşiriq berildi:
“Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yönalişda moliyaviy jarima qöllaş vakolati bor. Endi savol tuğiladi: qaysi rahbar jarimalarning tadbirkorlar faoliyatiga ta’sirini örganyapti? Jarima solgan bilan, uni işlatmay qöyganimiz bilan, neçta odam işsiz bölyapti, qança eksport bölmayapti, qança işlab çiqariş bölmayapti... Jarima solgan odamlar tuşunadimi buni?
Jarima qöllaydigan taşkilot mas’ullarining ongi, dunyoqaraşi özgarişi zarur. Ular birdaniga jazo qöllaşni emas, balki tadbirkorga imkoniyat berib, töğri yöl körsatişni örganişi zarur. [...] Barça vazir, tarmoq rahbarlariga topşiriq: bir hafta içida tizimidagi byurokratiyani qisqartiriş, jarima, tölov va yiğimlarni keskin kamaytiriş, biznes muhitini yanada yaxşilaş böyiça takliflarini Administratsiyaga kiritsin. Özim öqiyman. Har bir taklifni birma-bir öqib çiqaman, şunga qarab rahbarlarga bugungi siyosatimizni qançalik tuşunib yetganiga baho beraman”.
Davlat rahbari iste’mol talabidan ortda qolayotgan taklifni köpaytiriş hisobiga inflyatsiyani jilovlaş zarurligini aytarkan, göşt narxi masalasiga töxtalib ötdi:
“Aprel-iyunda göşt narxi 6-8 foizga ösdi. Qöçqorov, Abdurahmonov, hokimlar 1 avgustgaça import göştni samolyotda taşiş xarajatlarini qoplaşni söragani uçun bunga rozilik berganman. Uşbu maqsadlar uçun 300 mlrd söm ajratdik. Qaysi hokim tadbirkorim bilan çetdan göşt olib keldim, deb ayta oladi? Afsuski, bunga ijobiy javob yöq.
Çorvaga mas’ullar, viloyat, tuman hokimlari şu paytgaça bizda 14,5 mln boş qoramol, 24,5 mln boş qöy-eçki bor deb işonib yurgan. Qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunida hammasi oçiq-oydin körindi: qoramol soni 2,5 mln boşga, qöy va eçki 1,5 mln boşga kam çiqdi. Endi savol: qaysi viloyat, tuman hokimi bu raqamlarni qöliga olib örgandi, örnini qaçon, qayerdan töldirişni hisob-kitob qildi?”
Prezident göşt balansini viloyatlar kesimida qayta körib çiqiş va göşt importini köpaytiriş böyiça topşiriq berib, göştni samolyotda olib keliş xarajatlarini qoplab berişga oid imtiyoz yil oxirigaça uzaytirilişini ma’lum qildi.
Toşkent–Samarqand pulli yöli qurilişi boşlandi
Toşkent va Samarqand şaharlarini boğlovçi pulli yöl qurilişi boşlandi. Çorşanba kuni Örta Çirçiq tumanida bölib ötgan tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyev loyihaga tamal toşini qöydi.
“Bugun xitoylik hamkorlarimiz bilan qurilişiga start berayotgan Toşkent-Samarqand yönalişi böyiça pulli avtomobil yöli navbatdagi ulkan tarixiy qadam böladi. Xalqimiz uçun taraqqiyot va farovonlik timsoli bölib xizmat qiladigan uşbu yirik loyihaning boşlanişi barçamizga muborak bölsin.
[...] Qiymati qariyb 2,2 mlrd dollar bölgan, eng yuqori toifadagi zamonaviy pulli avtomagistral barpo etiladi. Pulli deganimiz, hozirgi Samarqand yöli ham oçiq böladi; xohlagan 5 soatda borişi mumkin, [lekin] daromadi oşgan odam yuragi siqiladi 5 soat yurişga. Buyam adolat, buyam inson qadri”, – dedi davlat rahbari.
Yangi trassa uzunligi – 282 km bölib, jami 6 tasmadan iborat böladi. Loyiha doirasida 92 ta köprik, 28 ta yöl ötkazgiç, 60 ta tunnel tipidagi ötiş joyi, qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun yer osti yölaklari va suv ötkaziş inşootlari quriladi. Yöl qoplamasi monolit betondan böladi va tekis hududlarda tezlikni soatiga 150 kilometrgaça oşirişga ruxsat beriladi. Natijada Toşkentdan Samarqandga yetib boriş vaqti hozirgi 5 soatdan 2,5 soatgaça qisqarişi közda tutilgan.
Transport vaziri Ilhom Mahkamovning aytişiça, loyiha ikki bosqiçda oşiriladi. Avvaliga Xitoyning China Overseas Engineering Group (COVEC) kompaniyasi avtomagistralni qurib, uni 2030 yilda foydalanişga topşiradi. Ikkinçi bosqiçda esa tayyor yölni boşqariş uçun operator kompaniya tanlanadi va u magistralni pulli yölga aylantiradi. 2,2 mlrd dollarlik loyihaning moliyalaştiriş manbalari borasida yakuniy ma’lumot hozirça oçiqlanmadi.
Şavkat Mirziyoyev marosimdagi nutqida boşqa pulli yöl loyihalari qaysi bosqiçda ekani haqida ham töxtalib ötdi. Ma’lum qilinişiça, Xiva–Urganç pulli yöli keyingi oyda foydalanişga topşirilişi kutilyapti. Toşkent–Andijon magistrali böyiça xalqaro tender yakunlaniş arafasida. Toşkent–Çorvoq yönalişida esa loyihalaş işlari yakunlanib, xususiy şerik aniqlanyapti.
Eslatib ötamiz, ötgan yili kuzda Avtomobil yöllari qömitasi mavjud xomçötlarga asoslanib pulli yöllarda 200 km masofa bosiş tölovi taxminan 100 ming söm atrofida bölişi mumkinligini aytgan edi.
Işsizlik va kambağallik “taqiqda”mi?
Minglab özbekistonliklar özi bexabar holda işga joylaştirib qöyilgani oydinlaşdi. Mehnat inspeksiyasi xabariga köra, 2026 yilning 1-yarmida vatandoşlardan özining xabarisiz işga joylanganlik holati böyiça salkam 1500 ta murojaat kelib tuşgan. Murojaatlar örganilişi natijasida 143 ta korxona-taşkilot rahbarlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan, 56 ta korxona-taşkilotga yozma körsatmalar kiritilgan.
Inspeksiya xabarida odamlarni ularning xabarisiz işga olgan ayrim korxonalar allaqaçon yopilib ketgani, bunday holatlarda vatandoşning huquqini tiklaş uçun 2020-2025 yillarda kiritilgan notöğri ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimidan öçirilgani aytiladi. 2020-2025 yillar haqida gap ketayotganiga qaraganda, odamlarni özining xabarisiz işga joylab qöyiş holatlari bugun yoki keça boşlanmaganini anglaş mumkin. Bu esa uzoq yillardan beri bandlik statistikasi qançalik haqqoniy bölgani haqidagi savollarni örtaga çiqaradi.
Mehnat inspeksiyasining bu xabaridan keyin jurnalist Muhrim A’zamxöjayev ayni şu muammoga yöliqqan köplab vatandoşlarning murojaatlarini öz kanalida e’lon qildi. Murojaat qilganlar özini qayergadir işga joylab qöyişgani haqida Soliq ilovasidan tasodifiy tarzda xabar topgan va buni bekor qiliş uçun ançagina sarson bölişiga ham töğri kelgan.
“Bularning hammasi mahalladagi hokim yordamçilarining işi deb öylayman, çunki ularga iş örni yaratiş böyiça “plan”lar bor, oyligi şunga boğlangan”, – deya taxmin qilgan murojaatçilardan biri.
Eng hayratlanarlisi, kambağal oilalar bilan boğliq. “Bolalar nafaqasidan öçiriş uçun meni va ayolimni özimizdan bexabar işga joylab qöyişgan”, deya yozadi bir murojaatçi. “Keça sinfdoşim aytdi, bola puliga ariza topşirsa, işsiz bölsa özlari şunday işga joylaşarkan-da, keyin bola puli bermas ekan”, degan boşqa bir vatandoş.
Qayd etiş kerak, ayni şu muammo, ya’ni qoğozda va raqamlarda kambağallikni qisqartiramiz deb, odamlarni kambağallar reyestriga kiritişdan boş tortiş holatlari keng yoyilgani ötgan hafta öz tasdiğini topgan edi. 16 iyul kungi selektorda Şavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy reyestrga kiritişni asossiz rad etiş yoki sun’iy ravişda reyestrdan çiqariş holatlari uçrayotganini tanqid qilgandi.
“Buning oqibatida ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam oliş, farzandini boğça va tögarakka beriş kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy içida kelgan 2 mingta arizaning barçasi asossiz rad qilingan. [...] Şu sababli reyestrga kiriş masalasida prezidentga murojaatlar yil boşidan 1,5 barobar oşib, 30 mingdan 46 mingga köpaygan”, – degandi davlat rahbari.
Prezident Boş prokuraturaga ijtimoiy reyestr töğri yuritilişini qat’iy nazorat qiliş, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga esa reyestr haqqoniyligi yuzasidan prezidentga muntazam axborot berib boriş vazifasini topşirgan edi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Markaziy bank aholining qarz yuki böyiça sörovnoma natijalarini taqdim etdi. Respublikaning barça hududlaridan 5800 respondent iştirokida ötkazilgan tadqiqotga köra, söralganlarning 77 foizi yo özi, yo oila a’zolaridan birida bank va bankdan taşqari qarz majburiyatlari borligini bildirgan. Qarzi bor respondentlarning 61 foizi qarzini öz vaqtida qaytarişga qiynalayotganini tan olgan. Qarzdorlar öz daromadlarining örtaça 51 foizini qarzini qaytarişga işlatyapti. Respondentlarning 19 foizi qöşimça daromad manbayi borligi, 81 foizi esa daromad manbasi faqat bittaligini bildirgan. Qarzi bor respondentlarning 8 foizi bitta qarzini yopiş uçun ikkinçi qarzni olgan.
Soliq keşbekini bekor qiliş masalasi – kun tartibida. Bu ğoyani Moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti faol tarğib qilyapti. “1 foizlik soliq keşbeki qança tez bekor qilinsa, şunça yaxşi. 80 foiz pul şundoq ham çek beradigan taşkilotlar [mijozlari]ga ketyapti. Şu sabab keşbek tizimini olib taşlab, fuqarolar örtasida yutuqli öyin ötkazişni taklif qilyapmiz”, dediKun.uz bilan suhbatda institut direktori örinbosari Dilşod Sultonov. U keşbek avvalboşdan vaqtinçalik çora bölgani, bu orqali odamlarda çek söraş madaniyatini şakllantiriş maqsad qilingani va bu maqsadga erişilganini aytarkan, bu yönalişga byudjyet xarajatlari 150 mln dollarga yetgani, bu pulga 300 ta boğça quriş mumkinligini qöşimça qildi.
Toşkentda bir mahalla ahli ğayrioddiy muammoga duç keldi. Gap şundaki, Mirzo Uluğbek tumanidagi Oydin mahallasida piyodalar yölagi ajabtovur tarzda barpo etilyapti: hovlilar oldiga 30 santimetr va undan yuqori balandlikda beton yotqizilgan. Oqibatda odamlar hovlisiga maşina kiritiş tugul, özlari piyoda kirib-çiqişga ham qiynalyapti. Kun.uz suhbatlaşgan tuman hokimligi matbuot kotibi masaladan hokimning xabari borligi, muammo tez orada bartaraf etilişini aytdi. Lekin baribir asosiy savol oçiq: tinç va xotirjam yaşab turgan odamlarga muammo yaratib bergan kim? Qaysi aql bilan bu işga qöl urilgan?
Navoiy viloyatidagi Muruntov oltin konida fojiali YTH röy berdi. 21 iyul kuni tong soat 5:30 larda kon hududida ulkan avtoağdargiç xizmat pikapini bosib ketişi oqibatida, pikapda bölgan NKMKning ikki xodimi halok böldi. Holat böyiça tergovoldi suriştiruv olib borilyapti; tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, yengil maşina buriliş joyida avtoağdargiçning yöliga çiqib ketgan bölişi mumkin. Şu kuniinsonölimi bilan boğliq avtohalokat Samarqand şahrida ham röy berdi: yöl-patrul xodimi xizmat maşinasida piyodani urib ketgan, oqibatda 75 yoşli ayol voqea joyida vafot etgan. Holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, hafta davomida Jizzax viloyatining Foriş tumanida yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib, ikki kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçi tergov vaqtida ozodlikda qolayotgani Kun.uz e’tiborini tortdi. Suriştiruvimizga köra, bu şaxs tuman hokimining jiyani böladi.
Fermerni haqoratlagan Quva hokimiga hayfsan berildi. AvvalroqHalimjon Umarov bir fermerni haqoratlab, unga tahdid qilgani audiosi tarqalgan, şundan keyin holatga Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi aralaşgan edi. Agentlik xabariga köra, holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi yakunida hokimga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qöllangan. Ma’lumot uçun, Halimjon Umarov 2021 yil fevralidan buyon Quva tumani hokimi lavozimida işlab keladi. Bungaça u Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgan.