Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazmoqda.

Davlat rahbari yigʻilish ishtirokchilarini Oʻzbek tili bayrami bilan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.

Bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri boʻlgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan. Shavkat Mirziyoyev bu natijaga erishish uchun aniq hisob-kitoblar mavjudligini qayd etdi.

“Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida boʻlgan oʻzgarishlarni koʻrib, tadbirkor, investor, yoshlarning koʻzlaridagi shijoatni koʻrib, juda katta kuch oldim”,– dedi prezident.

Davlat rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan taʼminlash, ayniqsa, ayollar uchun koʻproq imkoniyat yaratish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Shavkat Mirziyoyev Nurbek Ergashevga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish toʻgʻrisidagi farmonga imzo qoʻyganini bildirdi.

Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qoʻshayotgan Abdumannop Xudoyberdievga ham “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” unvoni beriladi.

Qashqadaryoda maʼrifatni targʻib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovlievning mehnati ham eʼtirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi gʻoliblari Baxtishod Rashidov va